Alloh taolo odamzodni har doim din orqali tarbiyalab kelgan. Uni yetkazishni Paygʻambarlar zimmasiga yuklagan. Dinlarning eng mukammali boʻlgan islomni yetkazishda Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni tanlab olgan. Paygʻambar alayhissalomning har bir soʻzlari, feʼllari va turmush tarzlari biz uchun hayot dasturidir. U zotning hayotlari insoniyatga ikki dunyo saodat yoʻlini koʻrsatib …
БатафсилUZOQ UMR KOʻRGAN SAHOBA
Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan minglab insonlar hamsuhbat boʻlgan. Biroq ularning barchasi ham sahoba boʻlish baxtiga musharraf boʻlmagan, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni paygʻambarlik davrlarida koʻrgan, u zot bilan hamsuhbat boʻlgan va imon keltirib, moʻmin holida vafot etganlargina sahoba deyiladi. Sahobalarni faqat yaxshi sifat va yaxshi nom bilan tilga …
БатафсилODAMLAR ORASINI ISLOH QILISH
Har doim odamlar orasini isloh qilishga urinish va samarali vositachilik qilish ulugʻ maqsad va ijobiy natijalarni roʻyobga chiqarishda eng taʼsirli yoʻldir. Bu ikki tomonni isloh qilishda kuch ishlatishdan koʻra koʻproq samara bergan. Chunki kuch-quvvatning taʼsiri tez ketadi. Ammo yaxshi saʼy-harakatning taʼsiri inson qalbidagi gina-kuduratni sugʻurib olishga, odamlarning bir-biridan rozi boʻlib …
БатафсилMISRDAGI “SAHIHUL BUXORIY” MAKTABI “Sahihul Buxoriy” Misr oʻlkasiga qanday kirib borgan?
Darhaqiqat, musulmonlar oʻzlaridan oldingi ummatlardan hech biriga berilmagan oʻzlariga xos buyuk xislat va fazilat sohibidirlar. U ham boʻlsa, isnoddir.[1] Shuning uchun har bir avlod vakillari oʻzlaridan keyingilarga ilmni isnod orqali naql qilib berishgan. Isnod borasida Ibn Sirin (vaf.110/728) bunday degan: “Haqiqatan, bu ilm dindir. Shunday ekan, siz oʻz diningizni kimdan oʻrganayotganingiz …
БатафсилMahalliy va xorijiy qoʻlyozma fondlaridagi Imom Buxoriy asarlarining 3296 nusxasi reyestri nashrga berildi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi axborot xizmati rahbari Sherzod Mamatov maʼlum qildi: Hisobot davrida Imom Buxoriyning “Jomiʼ as-sahih” asariga oid xorijiy davlatlar qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan 30 ta qoʻlyozma nusxasining elektron versiyasi yuklab olindi. Shuningdek, Markaz fondida saqlanayotgan 75 ta qoʻlyozma asar annotatsiyasi tuzilib, ulardan 36 tasi markaz …
БатафсилMARKAZDA YANA BIR XALQARO ILMIY SЕMINAR BOʻLIB OʻTDI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Qoʻlyozmalarni tadqiq va tarjima qilish borasida xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy seminar boʻlib oʻtdi. Tadbirda Markaz ilmiy xodimlari, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindorlari – Sankt-Peterburg davlat universiteti sharqshunoslik fakulteti Uzoq Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasi dotsenti Irina Katkova, “Qirgʻiz-Turk Manas universiteti” tadqiqotchisi Derya Idikurt va …
Батафсил“SAHIHUL BUXORIY” KITOBINING ASL NUSXASI BORMI?
Imom Buxoriy oʻzining “Sahihul Buxoriy” kitobini oʻz qoʻllari bilan yozgan. Soʻngra, uni hadis oʻrganadigan koʻplab shogirdlariga oʻqib va rivoyat qilib bergan. “Sahihul Buxoriy” kitobini Imom Buxoriyning oʻzidan juda koʻplab talabalar eshitgan. Bu haqida Imom Buxoriyning eng mashhur shogirdlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (vaf. 320 h.): “Muhammad ibn …
БатафсилIMOM BUXORIYNING “TARIXUL KABIR” ASARINI ILMIY AHAMIYATI
Imom Buxoriy rahimahulloh ilmning bir necha yoʻnalishlarida koʻplab kitoblar yozganini bilamiz. U kishining mashhur va hajmi juda katta boʻlgan kitoblaridan biri “Tarixul kabir” kitobidir. Imom Buxoriyning “Tarixul kabir” kitobi Islom dinida yozilgan kitoblarning ulugʻrogʻi va roviylar tarixi haqida eng birinchi taʼlif etilgan kitoblardan biridir. Imom Buxoriydan keyin kelgan har qanday …
БатафсилABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL BUXORIY (810-870) 5-qism
Koʻpgina manbalar va tarix kitoblarida Imom Buxoriyning aql-zakovati va quvvai-hofizasini sinash maqsadida qilingan imtihon (sinov) xususida aniq maʼlumotlar zikr qilingan. Darhaqiqat, bunday jiddiy bir imtihon Bagʻdodda Dorul-xilofat (Xalifalik uyi)da Bagʻdod ulamolari tomonidan uyushtirilgan. Bagʻdodlik olim Abu Bakr Kaluzoniy (vaf. 863 y.): “Muhammad ibn Ismoil Buxoriyga oʻxshash hech bir olimni koʻrmadim. Biror ilmga …
БатафсилUSTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI
Bu dunyoda har qaysi inson biror narsaga erishgudek boʻlsa, bunda albatta uning ota-onasi qatorida ustoz va murabbiylari muhim oʻrin tutadi. Quyida qadimda yashab oʻtgan donishmandning shogirdiga oʻgitlarini keltiramiz. Ey oʻgʻlim! Alloh taoloning Oʻzi seni toʻgʻri yoʻlga yoʻllab, ezgu amallarga muvaffaq aylasin! Sen men uchun farzandim oʻrnidasan. Seni taning sogʻlom, fahm-idrokli, …
Батафсил