MANBALAR ASOSIDA “BASMALA”NING QIYOSIY TAHLILI

Yurtimizda ilm-maʼrifatga berilayotgan eʼtibor tufayli necha asrlar davomida koʻz qorachigʻidek asrab-avaylab kelinayotgan qadimiy qoʻlyozma manbalarni oʻrganish, tadqiq qilish va jamoatchilikka yetkazish imkoniyati kengaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugungi kunning eng dolzarb vazifasi sifatida soʻzlab: “Tariximiz, madaniyatimiz, dinimizga aloqador boʻlgan bir varaq qoʻlyozma boʻlsa ham, ularni toʻplab, xalqimizni, yoshlarimizga tanishtirish, bizning qanday …

Батафсил

SOXTA “TARIQAT”LARNING NOOʻRIN IDDAOLARI

Zarafshon vohasi tarixida tariqatdan saboq berishni daʼvo qiluvchilar, soxta tariqatchilar ham uchraydi. Soxta tariqatchilar deganda, tasavvufning faqat tashqi jihatlariga, marosim va turli zikr majlislariga asosiy eʼtiborni qaratib, uning falsafiy-irfoniy xususiyatlaridan bexabar faoliyat yuritayotgan, muayyan bir kishini pir sanab, uning etagidan tutuvchi, jamiyatning boshqa aʼzolaridan chetlashib, pir xizmatini hayotdagi eng asosiy …

Батафсил

Malayziya islom san’ati muzeyida o‘zbekistonlik ustalar mehnati mujassam

Imom Buxoriy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida Malayziya islom san’ati muzeyida uchrashuv o‘tkazildi. Muzey rahbariyati bilan O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ziyorat turizmi imkoniyatlarini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlash kerakki, Malayziya islom san’ati muzeyi qurilishida o‘zbekistonlik mohir hunarmand-ustalar ishtirok etgan. Bu yerga har yili butun …

Батафсил

SOF ISLOM VA SOXTA TARIQATCHILIK

Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatini har bir ishda moʻtadil boʻlgan, adolatli ummat ekanligini taʼriflab: ﴿وَكَذَلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطًا لِتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ﴾ “Shuningdek (yaʼni haq yoʻlga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh boʻlishingiz va paygʻambar sizlarning ustingizda guvoh boʻlishi uchun oʻrta (adolatli) bir millat qildik”[1] deydi. …

Батафсил

ABDULHAY LAKNAVIYNING FIQHIY MASALALARGA OID ASARLARI

Hozirgi kunda islom dini va hanafiy mazhabining asl mohiyatini tushunib yetish ulamolar qoldirgan ilmiy merosga bogʻliq. Bu yoʻlda yurtimizdan chiqqan buyuk allomalar asarlarini oʻrganish bilan cheklanib qolmasdan, balki oʻzga islom oʻlkalaridan yetishib chiqqan ulamolar hayoti va ilmiy faoliyatini oʻrganish foydadan holi boʻlmaydi. Xususan, bu borada hind ulamolari qoldirgan ilmiy merosni …

Батафсил

Malayziya instituti O‘zbekistonning qadimiy va noyob merosi targ‘ibotchisiga aylanadi

Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida Islom tushunchasi va sivilizatsiyasi xalqaro institutida muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida Islom tushunchasi va sivilizatsiyasi xalqaro instituti direktori Abdulaziz Berghout Yangi O‘zbekistondagi islohotlar natijalarini yuqori baholadi.  Ushbu ilmiy muassasa Malayziyada alohida nufuzga ega institut bo‘lib, bu yerda dunyoning turli …

Батафсил

SAFFOR BUXORIYNING “TALXISUL ADILLA” VA UMAR NASAFIYNING “AQOID” ASARLARI QIYOSIY TAHLILI

Ilk davr olimlari Qurʼon va hadisda kelgan aqidaviy masalalarni chuqur oʻrganib, odamlarga qulay boʻlishi uchun kichik hajmdagi risolalar yozgan. Odatda bunday risolalarda Ahli sunna val jamoa aqidasi umumiy tarzda aniq-ravshan ifoda qilingan boʻlib, qarshi fikrlarga eʼtiroz va bahs-munozaralarga oʻrin qoldirilmagan [1]. Har bir sohada boʻlganidek, aqoid fanida ham dastlab Qurʼon …

Батафсил

BANDALARNING FEʼLLARI (Abul Barakot Nasafiyning “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari asosida)

Ahli sunna ulamolari aytadi: “Bandalarning feʼllari (ish-harakatlari) haqiqatan Alloh taolo yaratgan narsalardir. Sahoba va tobeinlar ham shu fikrda boʻlgan”. Bandalarning ish-harakatlari Allohning yaratgani va ularning kasbidir. Yaʼni, bandaning ish-harakatini Alloh taolo yaratadi. Banda ishni qiladi, ammo u ishni yaratish Allohdan boʻladi. Ish-harakat bandaga nisbat berilsa, “qildi” deyiladi. Alloh taologa nisbat …

Батафсил

SUNNATNI INKOR ETUVCHI QURʼONIYLARNING SHARʼIY HUKMI

Hali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qabrlari sovumay turib, bu dinda turli-tuman firqalar paydo boʻlgani, afsuski, ayni haqiqat. Ular sovunning koʻpigi kabi bir paydo boʻlib, soʻng yoʻqolib ketgan boʻlsa-da, buzuq gʻoyalari qisman yoki toʻligʻicha saqlanib qoldi. Hatto bugungi kunda ham ularning yangidan yangilari oʻrtaga chiqib, oʻzining buzuq gʻoya va botil …

Батафсил

“SIYOSATNOMA” ANʼANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI

Tarix, antropologiya, arxeologiya, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyaga oid tadqiqotlardan maʼlumki, insonlar ijtimoiy mavjudotdir. Ular turli sabablarga koʻra jamoa boʻlib yashashga odatlangan. Davlat  negizida birlashish tarixning qaysidir davrida amalga oshirilgani tarixchilar tomonidan aniqlangan. Shunday boʻlsa-da, faylasuf olim Jon Lokk fikricha, bir vaqtlar yer yuzida hukumat yoki siyosiy jamoa boʻlmagan. Hamma odamlar …

Батафсил