Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZ DIRЕKTORI NUFUZLI ANJUMANDA NUTQ SOʻZLADI

MARKAZ DIRЕKTORI NUFUZLI ANJUMANDA NUTQ SOʻZLADI

Ayni paytda Termizda Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Musulmonlar idorasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Surxondaryo viloyati hokimligi va qator boshqa vazirlik va tashkilotlar hamkorligida “Imom Buxoriy, Imom Dorimiy va Imom Termiziy: Muhaddislikning Movarounnahr maktabi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ish olib boryapti. Unda Turkiya, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Jazoir, Kuvayt, Marokash, Qatar, Rossiya, Buyuk Britaniya va Fransiyadan taniqli ulamolar, yetuk olimlar, ilmiy tadqiqot markazlari vakillari qatnashmoqda.

Konferensiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov ham ishtirok etib, “Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari – mushtarak maqsad yoʻlida” mavzusida maʼruza qildi.

Notiq Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etishdan koʻzlangan pirovard maqsadlar, mazkur muassasalar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining samarasi, qoʻshma loyihalar natijasida erishilayotgan yutuqlar haqida maʼlumot berdi. Maʼruzada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyat koʻrsatkichlariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Imom Buxoriy, Imom Dorimiy, Imom Moturidiy kabi muhaddislar, Movarounnahrdan yetishib chiqqan boshqa olim va mutafakkirlar merosini oʻrganib, jahonga targʻib qilish har bir maʼrifiy muassasaning muhim vazifasi boʻlib qolishi taʼkidlandi.

Shuningdek, konferensiya shoʻbalaridan birida Markaz ilmiy xodimi Shukurillo Umarov ishtirok etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …