Home / YANGILIKLAR / ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAQIDA 10 TA FAKT

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAQIDA 10 TA FAKT

Bugun — 14 fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Ushbu sahifada shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi 10 ta fakt bilan tanishishingiz mumkin.

  1. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
  2. Asl ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi.
  3. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494 yil iyun).
  4. Bobur Afgʻonistonda “Bogʻi Shahroro”, “Bogʻi Jahonoro”, “Oʻrtabogʻ”, “Bosh vafo” va “Bogʻi Bobur” kabi oromgohlar tashkil etgan.
  5. Boburning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari Kobulda tugʻilgan.
  6. Bobur 1526 yil aprelda (43 yoshida) Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning 100 ming kishilik qoʻshinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan koʻp oʻtmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha boʻlgan qismini oʻziga boʻysundiradi.
  7. Boburning “Mubayyin” asari masnaviy tarzida yozilgan boʻlib, Islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bagʻishlangan.
  8. “Boburnoma” voqealari Andijon. Samarqand, Xoʻjand. Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
  9. Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq hoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan “Bogʻi Bobur”ga qoʻyildi.
  10. Bobur asos solgan boburiylar sulolasi Hindistonda uch yarim asrga yaqin xukm surgan.
Manba:idum.uz

Check Also

Markaz ilmiy xodimlari – “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi”da

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Qozon shahrida joylashgan Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI …