Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZ OLIMI NUFUZLI KONGRЕSSDA MAʼRUZA QILDI

MARKAZ OLIMI NUFUZLI KONGRЕSSDA MAʼRUZA QILDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Mehrojiddin Amonov Turkiya Respublikasining 100 yilligi munosabati bilan turk dunyosining umumiy merosini keng targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan II Xalqaro turk kongressida “Tasavvufga oid turkcha qoʻlyozmalar” mavzusidagi onlayn maʼruza bilan ishtirok etdi.

Islom fanlari sessiyasida qilingan maʼruzada tadqiqotchi XV-XIX asrlarda Zarafshon vohasida keng tarqalgan tasavvuf taʼlimotlariga oid nodir yozma manbalar, jumladan, qoʻlyozma asarlar, vaqf, irshodnoma, nasabnoma kabi tarixiy hujjatlar, meʼmoriy va epigrafik yodgorliklardan olingan maʼlumotlarni tahlil qilib, ularning tariqatga tegishli jihatlariga toʻxtaldi. Bu davrdagi tasavvuf taʼlimotlari tarixiga doir yozma manbalar asosan arab va fors tillarida bitilgan boʻlsa-da, maʼruzachi turkiy tilda yozilganlarini birma-bir sanab koʻrsatdi va ahamiyatli tomonlarini ochib berdi.

Maʼruza tasavvuf taʼlimoti murshidlarining tarixini oʻrganish, oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash, ajdodlarimizning yuksak maʼnaviy va madaniy qiymatga ega anʼanaviy diniy tasavvurlari va eʼtiqodiy qarashlarini ilmiy tahlil qilish imkoniyatini taqdim etdi.

Olim kongress ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

 Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …