Home / FOTO LAVHALAR / “TABARRUK ZIYORAT” LOYIHASI AMALDA

“TABARRUK ZIYORAT” LOYIHASI AMALDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiya faxriy konsulliklari faoliyat olib borayotgan shaharlarning turk millatiga mansub fuqarolari, Yevropadagi turkiy jamoalar vakillaridan iborat bir guruh ziyoratchilar tashrif buyurdi.

Tashrif Turkiy kengashga aʼzo mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar boʻylab amalga oshirilayotgan “Tabarruk ziyorat” loyihasi doirasida tashkil etilgan boʻlib, Markazning Ziyorat turizmini rivojlantirish borasidagi salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan.

Loyiha doirasida xalqaro yarmarkalar, koʻrgazmalar, festivallar, milliy sport musobaqalarini birgalikda oʻtkazish hamda Oʻzbekistondagi xalqaro ilmiy markazlar va tashkilotga aʼzo davlatlardagi ilmiy markazlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash nazarda tutilgan.

   

Mehmonlar Markaz muzeyi va undagi eksponatlar bilan birga Imom Buxoriyning hayot yoʻli va ilmiy merosi bilan yaqindan tanishtirildi. Ziyoratchilar oʻz ota-bobolaridan eshitgan qadamjolarni koʻz bilan koʻrish baxtiga erishayotganlaridan mamnunlik ifoda etib, tili, dini, urf-odatlari va qarashlari bir-biriga yaqin xalqlar oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik aloqalari qardoshlik rishtalarining yuksalishi va mamlakatlar taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshishini taʼkidladi.

Belgiya, Fransiya, Buyuk Britaniyada istiqomat qilayotgan 30 nafardan ziyod turk qardoshlardan iborat ziyoratchilar guruhining mamlakatlar boʻylab safari 12 kunga moʻljallangan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tasavvuf – yirik ijtimoiy voqelik sifatida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …