Home / FOTO LAVHALAR / Markaz ilmiy xodimlari Turkiyada malaka oshirmoqda

Markaz ilmiy xodimlari Turkiyada malaka oshirmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ikki nafar ilmiy xodimi Turkiyaning Denizli viloyatidagi Pamukkale universitetining Islom ilmlari institutida malaka oshirish dasturini boshladi.

Malaka oshirish dasturi mazkur universitet hamda Markaz oʻrtasida joriy yilning avgust oyida oʻzaro hamkorlikka oid imzolangan Anglashuv memorandumi asosida ishlab chiqilgan. Unda Markaz hamda universitetning Islom ilmlari oʻrtasida kelgusi besh yil davomida oʻzaro xodimlar oʻquvlarini tashkil etish nazarda tutilgan.

Ayni paytda Markaz ilmiy xodimlari universitet talabalari bilan birga Turkiyaning Marmara va Pamukkale universitetlari dotsenti, “Samarqand tarixi” kitobi muallifi, doktor Osman Aydinli rahbarligida oʻquv kurslarini oʻtashmoqda.

Malaka oshirish kurslari ikki hafta davom etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi

Kuni kecha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozon shahrida joylashgan Abdulla Apanayev nomidagi madrasa va …