Home / FOTO LAVHALAR / XALQARO STIPЕNDIYA SOVRINDORI ILMIY ISHI TAQDIMOTINI OʻTKAZDI

XALQARO STIPЕNDIYA SOVRINDORI ILMIY ISHI TAQDIMOTINI OʻTKAZDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyasi sovrindori Nurul Hafizah Muhammad Nur Markazda olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarining dastlabki natijalari taqdimotini oʻtkazdi.

Taqdimot avvalida Malayziya islom sivilizatsiyasi instituti dotsenti Markazda yaratilgan sharoit hamda ilmiy izlanishlar davomida rahbariyat va ilmiy xodimlar tomonidan koʻrsatilayotgan amaliy yordam uchun minnatdorchilik izhor qilib, mazkur dastur movarounnahrlik allomalar ilmiy merosini xalqaro miqyosda keng oʻrganilishini tashkil etishda yuksak ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Malayziyalik tadqiqotchi yigʻilganlarga taqdimot davomida oʻzining “Sahihul Buxoriy”dagi zamonaviy ilmiy kashfiyotlar” mavzusidagi ilmiy ishi ustida olib borayotgan izlanishlari mohiyati, maqsad va vazifalari, tadqiqot metodologiyasi hamda kutilayotgan natijalar xususida batafsil maʼlumot berdi. Olima mazkur ilmiy ishi orqali “Sahihul Buxoriy”dagi hadislar bilan zamonaviy ilmiy kashfiyotlar oʻrtasidagi hamohanglikni ilmiy dalillarga asoslangan holda oʻrganishni maqsad qilgan.

Tadqiqotchi ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytardi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Mashgʻulotlar amaliyot bilan bogʻlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻtgan davr mobaynida qator xalqaro nufuzli tashkilot va ilmiy …