Home / XALQARO YANGILIKLAR / Markaz nufuzli islom tashkiloti bilan hamkorlik qiladi

Markaz nufuzli islom tashkiloti bilan hamkorlik qiladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (IСESCO) oʻrtasida hamkorlikka doir memorandum imzolandi.

 Mazkur kelishuvga koʻra endilikda ikki tashkilot ekspertlari va xodimlari ishtirokida qoʻshma ilmiy va texnologik tadqiqotlar olib borish, hamkorlikda ilmiy konferensiyalar, seminar va simpoziumlar, davra suhbatlari, lektor maʼruzalar, master-klasslar, shuningdek, ilmiy xodimlar uchun oʻquv kurslari va mahorat darslari oʻtkazish, tajriba va maʼlumotlar almashinuvi, tadqiqotlar natijalari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar chop etish yoʻlga qoʻyiladi.

ISESCO tashkiloti 1979 yilda taʼsis etilgan boʻlib, qarorgohi Rabotda (Marokash) joylashgan. Ayni vaqtda unga 54 ta davlat aʼzo boʻlgan. Oʻzbekiston mazkur nufuzli tashkilot safiga 2017 yilda qoʻshilgan.

 Muloqot davomida ISESCO Bosh direktori Salim Muhammad al-Malik tomonidan Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan alloma va mutafakkirlarning islom ilm-fani va madaniyatiga qoʻshgan hissasini eʼtiborga olib, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida ISESCOning Qoʻlyozmalarni tadqiq etish va kataloglashtirish boʻyicha mintaqaviy markazini tashkil etish taklifi bildirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi

Kuni kecha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozon shahrida joylashgan Abdulla Apanayev nomidagi madrasa va …