Home / AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA AXBOROT-RESURS MARKAZI BOʻLIMI

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA AXBOROT-RESURS MARKAZI BOʻLIMI

Boʻlimning vazifalari:

– islom diniga oid ilmiy, tarixiy-madaniy va maʼnaviy-maʼrifiy meros salohiyatini, shu jumladan, qoʻlyozmalar va arxiv fondlarida saqlanayotgan manbalarni hisobga olgan holda, chuqur oʻrganish va tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida, xususan, Internetda eʼlon qilishni tashkil etish;
– barcha AKT texnik qurilmalari ishini nazorat qilish, holatini tahlil etish, nosozliklarini bartaraf qilish;

– boʻlimlardan dasturiy va texnik nosozliklar haqida tushgan maʼlumotlar asosida kamchiliklar sabablarini tahlil qilish va ularni tezkor bartaraf etish;

– nosozliklarni tezda bartaraf etish uchun kerakli zaruriy ehtiyot qismlar zaxirasini tashkil qilish;

– dasturiy taʼminot zaxirasini tashkil qilish;

– maʼlumotlar bazasi va Internet resurslaridan xodimlar foydalanishini tashkil qilib, ishning borishini nazoratga olish;

– kompyuterlar quvvatini oshirish muammolarini hal qilish;

– Markazda ishlatilayotgan barcha dasturiy tizimlarni tahlil qilish, ularni maqsadga muvofiq va ish jarayonini inobatga olgan holda qaytadan tarqatishni tashkil qilish takliflarini ishlab chiqish;

– Markaz ilmiy muhiti ehtiyojlarini inobatga olgan holda yangi dasturiy tizimlarni keltirish, oʻrnatish va xodimlarni ulardan foydalanishga oʻrgatish;

– viruslardan saqlanish, elektron tizimlarga rahna soluvchi boshqa tahdidlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;

– ichki aloqa tarmogʻini tahlil qilish, kengaytirish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

– kompyuterlararo axborot almashuvi yuqori saviyada amalga oshishi uchun korporativ tarmoqqa bogʻlangan kompyuterlar sonini oshirish takliflarini ishlab chiqish;

– ichki aloqa tarmogʻini ehtiyoj va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish va kengaytirib borish;

– jahon axborot resurslaridan keng foydalanishni tashkil qilish uchun Internet tarmogʻiga chiqish imkoniyatlarini oshirish, Markaz veb-resurslaridan foydalanadigan talaba, aspirant va professor-oʻqituvchilar safini kengaytirish;

– kommunikatsion, dasturiy va texnik muammolar haqida markaz rahbariyatiga vaqtida axborot berib borish;

– Markazni butun dunyoga tanitishni maqsadidan kelib chiqqan holda rasmiy saytni takomillashtirish;

– Markaz kutubxonasini yangi nashrdan chiqqan kitoblar bilan boyitish va ularning elektron nusxasini tayyorlash;

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining rasmiy veb-sayti – www.bukhari.uz Markaz tashkil etilgandan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Saytimizga 2017-2023-yillar mobaynida 9312 ta maʼlumot joylashtirildi.
Bular:

  1. Maqolalar 2014 ta
  2. Yangiliklar 2774 ta
  3. Allomalar 567 ta
  4. Videolavha 1019 ta
  5. Fotolavha 816 ta
  6. Qoʻlyozma fondi 529 ta
  7. Xalqaro aloqalar 433 ta
  8. Hadis (Imom Buxoriy hadislari) 212 ta
  9. Kun hadisi(Infografika) 471 ta
  10. Jurnal 28 ta
  11. Muzey 61 ta
  12. Kutubxona 118 ta
  13. Kitoblar 157 ta
  14. Yangi nashrlar 17 ta
  15. Audiolavhalar 83 ta
  16. Sogʻlom turmush sari 13 ta
  17. Rasmiy maʼlumotlar 1 ta
  18. International scholarship 1 ta

Shuningdek, mazkur maʼlumotlar telegramm:@bukhariuz, facebook:bukhari.uz, tvitter: @bukharicenter, instagram: bukhari.uz va mover.uz: imambukhari, OK(rasmiy maqomga ega): bukhari.uz, TikTok: @bukhariuz, Yutube: bukhariuz video kanal, shu nomdagi ijtimoiy tarmoqlarida ham bevosita joylashtirildi. Allomalarni xalqqa tanitish maqsadida markaz ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlangan kitoblarning 2 ta mobil ilovalari qilindi. Saytning lotin tiliga oʻgirish ishlari amalga oshirildi. «10 ta fakt» loyihasi uchun maxsus test dasturi qilindi. «Vikipediya» onlayn ensiklopediyada Markaz nomi bilan yangi sahifa ochilib, maʼlumotlar bilan boyitildi. Xorijiy hamkor tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish uchun ZOOM  dasturi 27 ta onlayn uchrashuvlar tashkil qilindi. Jaholatga qarshi maʼrifat ruknida ostida savol-javob tarzida 140 ta videoraddiya tayyorlanib shundan 114 tasi youtube da, Hadis maʼrifati ruknida 65 ta videodars, Buxoriyga ehtirom rukni ostida 40 ta videoinfografikalar, Yangi nashr etilgan kitoblar haqida 17 ta video, Nodir yozma manbalar rukni ostida 11 ta video, Oʻzbekiston tarixi telekanali Buyuk allomalar yurti koʻrsatuviga 8-marta videolar jami 284 ta videolar boʻlim tomonidan tayyorlandi. Markazga tashrif buyurgan nufuzli mehmonlardan 20 ta intervyu yozib olinib montaj qilinib sayt va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. “Imom Buxoriy saboqlari” telekoʻrsatuvining jami 146 ta efirga uzatilgan boʻlib shundan 2023-yilda 43 ta soni yuklab olinib sayt va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Bundan tashqari, saytda kutubxona ochilgan boʻlib, unda jami 7345 dona kitoblar mavjud. Shundan 6000 donasi Imom Buxoriy xalqaro markazi tomonidan taqdim etilgan. “Hilol”, “Kitoblar olami” va Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotlardan jami 1165 dona yangi kitob xarid qilingan. Ular turli mavzularda oid boʻlib, ensiklopediya, falsafa, psixologiya, din, siyosat, iqtisod, huquq, harbiy bilim, jurnalistika, pedagogika, etnografiya, tilshunoslik, botanika, texnika, meditsina, sanʼat, adabiyotshunoslik, tarix, badiiy adabiyot, sport kabi sohalarni qamrab olgan.

Hadya sifatida olingan kitoblar soni 200 donani tashkil etadi.

Boʻlimda 5 kishi faoliyat olib boradi.


Uzaqov Zafar Baxodirovich

Tugʻilgan yili: 09.05.1986

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti:

2006-2010-yilda Toshkent islom universiteti, bakalavr bosqichini informatika va axborot texnologiyalari ixtisosligi
2021-2023- yilda Samarqand davlat chet tillar instituti Magistratura bosqichini Kompyuter lingvistikasi ixtisosligi

Lavozimi: boʻlim boshligʻi

E-mail: uzb.zaf@mail.ru

Tel.: +99866 240 2024/ Mob.: +9893 350 2834

2 ta texnik xodim va kutubxonachi