Home / FOTO LAVHALAR / Bagʻrikenglik va maʼrifat qadri: Markazda munosib eʼtirof

Bagʻrikenglik va maʼrifat qadri: Markazda munosib eʼtirof

16-noyabr – Xalqaro diniy bagʻrikenglik kuni munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Viloyatdagi qator muassasalarning diniy-maʼrifiy sohada samarali mehnat qilib, jamiyatda bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat va mafkuraviy barqarorlik tamoyillarini mustahkamlashga hissa qoʻshayotgan vakillari “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Mukofotlarni Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari Bobir Karimov hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov tantanali ravishda topshirdi.

Musulmon jamiyatida bagʻrikenglik va maʼrifiy muhitni rivojlantirish yoʻlidagi fidokorona xizmatlari uchun “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida Markaz ilmiy xodimlari Jonibek Jumayev va Nodir Qobilov ham bor.

Ushbu eʼtirof Markaz masʼul xodimlarining diniy-maʼrifiy sohadagi koʻp yillik sidqidil mehnati, ilmiy-tadqiqot ishlaridagi yuqori masʼuliyati, shuningdek, jamiyatda maʼnaviy muvozanat va bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi amaliy saʼy-harakatlarining munosib qadrlanishidir.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi Jonibek Jumayev va Nodir Qobilovni yuksak mukofot bilan tabriklaydi, kelajakdagi kasbiy va ilmiy faoliyatida ularga muvaffaqiyatlar tilaydi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ilmiy hamkorlikning yangi nuqtalari

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. …