Home / FOTO LAVHALAR / Fin delegatsiyasi tashrifi

Fin delegatsiyasi tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Finlyandiya musulmonlari jamiyati imomi Ramil Belyayev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar muassasa faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va amalga oshirilayotgan maʼrifiy loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif muzey ekspozitsiyalarini koʻzdan kechirishdan boshlandi.

Delegatsiya aʼzolariga Markazning tashkil etilishi, Imom Buxoriy va boshqa ulugʻ alloma ajdodlarimizning buyuk merosini xalqaro miqyosda tadqiq va targʻib etish ishlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xalqaro stipendiya dasturlari ham nazardan chetda qolmadi. Mehmonlar bu yoʻnalishdagi ishlarni yuqori baholab, yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash sohasida hamkorlik istiqbollari haqida fikr almashdi.

Finlyandiya delegatsiyasi Oʻzbekistonda amalga  diniy-maʼrifiy sohada oshirilayotgan islohotlar, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni mustahkamlash borasidagi davlat siyosatiga yuksak baho berdi. Mehmonlar bu tajriba turli mamlakatlar oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlash va oʻzaro anglashuvni chuqurlashtirishga xizmat qilayotganini taʼkidlab, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatini izhor etdi.

 Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Maʼrifat va sogʻlom dunyoqarash yoʻlida

Urganch davlat tibbiyot institutida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan “Milliy qadriyatlar va ularning …