Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Demokratik jamiyat barpo etish sharoitida dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.


Ilmiy xodim B.Mahmudov mamlakat va jahon miqyosida kuzatilayotgan mafkuraviy boʻhronlar, jamiyatda sogʻlom diniy muhitni shakllantirish, yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash masalalari haqida atroflicha maʼruza qildi. Mamlakatimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi orasida maʼrifiy savodxonlikni oshirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va ularning ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashdagi ahamiyatini batafsil yoritib berdi.


Soha xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan tegishli tushuntirish va tavsiyalarni oldi.
Tadbir yakunida mazkur uchrashuv saboqlari tizim xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini yanada kengaytirish, shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida huquq-tartibot organlari xodimlari zimmasidagi masʼuliyatni yanada chuqur anglashga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz






