Home / FOTO LAVHALAR / Davlat tiliga ehtirom – milliy gʻurur ifodasi

Davlat tiliga ehtirom – milliy gʻurur ifodasi

21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Til – millat koʻzgusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Markaz rahbariyati, ilmiy xodimlar, Hadis ilmi maktabining ustoz va talabalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining Samarqand mintaqaviy filiali tinglovchilari ishtirok etdi.

Tadbirda davlat tilining ahamiyati, uning milliy oʻzlik va maʼnaviyat bilan chambarchas bogʻliqligi, shuningdek, til madaniyati va davlat siyosatidagi oʻrni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ishtirokchilar internet makonida oʻzbek tilining nufuzini oshirish, sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida uning imkoniyatlarini kengaytirish, ilm-fan sohasida undan toʻlaqonli foydalanish, milliy oʻzlikning ajralmas qismi sifatida hayotga tatbiq etish ehtiyojiga alohida eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, tadbir davomida tilning millat ruhi va qalbidagi oʻrni haqida sheʼrlar oʻqildi, tilni eʼzozlash — Vatanga muhabbat ramzi ekani borasida samimiy fikrlar bildirildi.

Tadbir soʻngida oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi oʻrni va nufuzini mustahkamlash, yoshlarda til madaniyatini shakllantirish, milliy gʻurur va masʼuliyatni oshirish, shuningdek, yosh avlod qalbida tilga ehtirom va millatga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlashga doir maʼnaviy-ruhiy mezonlar muhokama qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Anjumanning ikkinchi kunida ilm va anʼana uygʻunligi namoyon boʻldi

Markazda oʻtkazilayotgan “Qoʻlyozma asarlarga egalik va ularning yoyilishi: Imom Buxoriy va hadis qoʻlyozmalari” mavzusidagi xalqaro …