Home / FOTO LAVHALAR / Gʻarazli talqinlarga qarshi maʼrifiy yondashuv

Gʻarazli talqinlarga qarshi maʼrifiy yondashuv

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Chet ellik missionerlar va volontyorlarning diniy tushunchalarni gʻarazli maqsadda talqin etish faoliyati” mavzusida maʼnaviyat va maʼrifat soati tashkil etildi.

Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan maʼlumotlar taqdim etib, xorijiy missionerlar va ayrim volontyorlarning diniy qadriyatlarni notoʻgʻri va gʻarazli talqin etish usullari, bu kabi yondashuvlarning jamiyat hayotiga koʻrsatadigan salbiy taʼsiri xususida atroflicha toʻxtaldi.

Shuningdek, bunday xatti-harakatlarning oldini olishda maʼnaviy immunitetni mustahkamlash, diniy-maʼrifiy savodxonlikni oshirish va yoshlarni sogʻlom dunyoqarash ruhida tarbiyalashning oʻta muhimligi alohida taʼkidlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ilmiy izlanishlar yoʻlida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi ayni paytda Samarqand shahridagi Imom Moturidiy majmuasi hududida olib …