Falsafiy-irfoniy qarashlarning muhim aspekti boʻlib xizmat qiluvchi, tasavvuf-soʻfiylikning oʻziga xosligiga, maʼlum maʼnoda, shaxsning yuksak axloq egasi boʻlishiga va komillikka xos sifatlar bilan bezanishiga undovchi “dastur” sifatida qaraladi. “Soʻfizm Oʻrta asrlar jamoasida maxsus ijtimoiy-mafkuraviy va ontologik xususiyatga ega oʻzigagina xos nazariy tizim boʻlgani uchun, keyingi oʻn yilliklarda sharqshunos, islomshunos, faylasuf, adabiyotshunos va tarixchilarning diqqat markaziga koʻchdi” [8:7].
Maʼlumki, Abdurahmon Jomiy falsafiy-irfoniy qarashlarga xos naqshbandiya-tasvvufga oid asalari orqali koʻplab maʼlumot bergan. “Mavlono Jomiyning yana bir qator tasavvufiy-irfoniy asarlari ham borki, ularni oʻrganmasdan turib, naqshbandiya tariqatining falsafiy-irfoniy va ilmiy-nazariy asoslari va umuman, tasavvuf falsafasining 700 yillik (2008 yilgi maʼlumot) tajribalarini oʻrganish va bu haqda mukammal tasavvurga ega boʻlish mushkul” [1:293-296].
Bundan koʻrinib turibdiki, tasavvuf va soʻfiylik taʼlimotlariga oid mavzu doirasidagi izlanishlarni amalga oshirishda mamlakatimiz va xorij olimlari tadqiqotlardan keng foydalanilgan boʻlib, ular orasidagi mushtaraklik saqlanib qolgan. Biz Abdurahmon Jomiy ilmiy merosida talqin etilgan naqshbandiya-tasavvufga oid maʼlumotlarning agiografik[1] jihatlarini ham hisobga olishimiz lozim.
Markaziy Osiyoda tasavvuf taʼlimotining shakllanishi va rivoji Abu Abdurahmon Sullamiy, Abdulloh Ansoriy Xaraviy, Xujviriy Jullabiy, Kalabodiy nomlari bilan bogʻliq. Ilk oʻrta asrlardagi buyuk mutafakkirlardan biri Imom Termiziy oʻzining yetuk donishmandligi, ilm-fanning turli sohalarida mashhur boʻlgani uchun zamondoshlari uni al-Hakim deb ardoqlagan. Tasavvuf tarixida esa Hakimiya tariqati asoschisi sifatida mashhur boʻlgan. Baʼzi mutaxassislar bu tariqatning mukammalligini eʼtirof etib, uni hatto mazhab deb ham taʼriflagan [9:135].
Ilm yoʻlida baʼzi mazhab – yoʻnalishning shakllanishi qandaydir gʻaraz maqsadda emas, balki ilmning yuksalishiga asos boʻlib xizmat qilishi ham mumkin. Mazhab darajasida eʼtirof etilgan sohalarning aniqlik darajasi isbotlansa, maʼlum maʼnoda yuksalish (hanafiy, molikiy, hanbaliy, shofeiy kabi) roʻy beradi. Mabodo bu yoʻnalishga shubha bilan qaralsa, demak bu yangi ilmlar shakllanishiga turtki beradi. Irfon ilmi Sharq mintaqasi musulmon xalqlarining maʼnaviy hayotida muhim pozitsiyani egallab kelmoqda.
Koʻplab falsafiy-irfoniy qarashlarni oʻrganish uchun alohida yoʻl – usulning tanlanishi bu maʼlum maʼnoda tahlil qilinadigan davrning oʻrni va ahamiyati bilan bogʻliqdir. Shuning uchun, odatda maʼlum bir tadqiqotining tasniflanishi oʻsha davrning ijtimoiy muhiti bilan davrlashtiriladi. Mavlono Jomiy ilmiy merosida tasavvufga oid (soʻfiylik) maʼlumotlar keng yoritilgan. Unda eʼtiqodiy (avliyolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar) manbalar asosida islom aqidasiga koʻra moʻjiza va karomat haqligi tadqiq qilinadi. Shuning uchun, baʼzi mutafakkirlar ilmiy merosida bu jarayon anʼanaviy – tazkiranavislik tarzida tatbiq etiladi. Unga koʻra, koʻplab “hodisa”lar metafizik – gʻaybiy xarakterga asoslangan holda qiyoslanadi. Moʻʼjiza Paygʻambarlar tomonidan Allohning qudrati bilan amalga oshiriladigan va inson aqli yetmaydigan hodisalar boʻlsa, avliyolarning bu kabi ishlari karomat deyiladi. Bular umumiy xavoriqi odat – gʻayriodatiy, gʻayritabiiy ishlar, deb ataladi. Masalan, duolar ijobati, gʻayb sirlaridan ogoh boʻlish, inson koʻnglidagi oʻyni anglash, suv va taomsiz roʻza tutish, bir lahzada dunyoning u chetidan bu chetiga borib qolish kabi oddiy inson aqli uchun gʻayritabiiy boʻlgan holatlar avliyolarga xos boʻlib, ularni koʻp oshkor qilmaslik valiyning yuksak maqomini bildiradi.
Shundan soʻng bevosita valiylarning nomlari va tarjimai holi bilan bogʻliq maʼlumotlar keltiriladi. Nomi zikr etilgan ilk valiy zot – avliyolar sultoni deb ulugʻlangan Uvays Qaraniydir. Uvays Qaraniyning Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga gʻoyibona oshiq boʻlgani, uning kuchli va mustahkam muhabbati barcha islom ummati uchun ibrat hisoblanadi.
Asarda avliyolarga doir maʼlumotlar turli hajmda boʻlib, baʼzilari haqida bir jumla bilan kifoyalanilsa, baʼzi shayxlar taʼrifiga keng oʻrin ajratiladi. Avliyolarning tarjimai holidagi maʼlumotlar muayyan mezonlarga ega emas: ayrim shayxlarning yashagan yillari, joyi, kasb-kori va hokazolar bilan bogʻliq maʼlumotlar batafsilroq keltirilsa, baʼzilarining faqat karomat yoki oʻgitlaridan parcha beriladi.
Tazkirada asosiy eʼtibor valiy zotning amaliga qaratilgan. Har bir avliyo shariat hukmlarini soʻzsiz va itoat bilan ado etib, Haq vasli talabida mol-dunyo tashvishidan, oʻz borligʻidan mutlaqo voz kechadi. Bu dunyoga zarracha muhabbat qoʻyish Haq ishqiga soya soladi, deb eʼtiqod qilinadi. Har bir avliyo haqidagi maʼlumotlar tarkibida arab tilidagi baytlar, hikmatli fikrlar berib boriladi.
“Nasoyimul muhabbat” tarkibida tilga olingan avliyolar orasida islomdagi toʻrt mazhab boshliqlari – Imom Aʼzam, Imom Molik, Imom Shofeiy, Imom Ahmad ibn Hanbaldan tortib Muhammad Gʻazzoliy, Bahouddin Valad, uning oʻgʻli Jaloliddin Rumiy, Rumiyning oʻgʻli Sulton Valad kabi buyuk zotlar haqidagi turli qiziqarli, ibratli hikoyalarga duch kelamiz. Ushbu avliyolar haqidagi maʼlumotlar ilmiy asosga ega boʻlib, tasavvuf tarixini oʻrganishda alohida ahamiyat kasb etadi (Masalan, Jaloliddin Rumiyga bolaligida Fariddin Attor oʻzining “Asrornoma” asarini hadya qilishi yoki Shamsiddin Tabriziy va Rumiy uchrashuvi bilan bogʻliq maʼlumotlar).
Umuman olganda, Hazrat Alisher Navoiyning avliyolar tarjimai holiga bagʻishlangan mazkur “Nasoyimul muhabbat min shamoyimul futuvvat” asari shoirning yetuk mutasavvif olim sifatidagi faoliyatini koʻrsatuvchi muhim manbadir [5:29-32].
Alisher Navoiyning mazkur diniy yoʻnalishdagi asarlarini oʻrganish orqali biz uning dinga munosabati va eʼtiqodi bilan bogʻliq muayyan maʼlumotlar olish bilan birga, islom ilmlarining yetuk bilimdoni ekani toʻgʻrisida tasavvur hosil qilamiz. Bu ulugʻ shoirning oʻz davri ijtimoiy hayotida tutgan oʻrni nechogʻlik muhim boʻlganini belgilab beruvchi oʻziga xos omil ekani bilan ahamiyatlidir. Jomiy asariga tanqidiy [ijodiy] qaragan Navoiy “burungʻi zamondagʻi mashoyihdin barchasining zikrin qilmaydurlar va oʻz muosirlarining koʻpini ham, oʻzlarin ham bitmaydurlar” der ekan, asarda Jomiy, Lutfiy, Ashraf Muflisiy, Shayx Sanʼon, Nosir Xisrav, Nasimiy va shular qatori Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirgʻoniy kabi “turk mashoyixlari” haqida maʼlumot beradi. Asarda Navoiy oʻzi ilova qilgan shaxslarning faqatgina soʻfiyona qarashlarinigina yoritmasdan, adabiyot va jamiyatdagi oʻrnini belgilashga ham katta eʼtibor bergan. “Nasoyimul muhabbat” Navoiyning didaktik qarashlari, tarjimonlik va tadqiqotchilik faoliyati hamda estetik qarashlarini oʻrganish uchun muhimdir. “Nasoyimul muhabbat”ning baʼzi nusxalari Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Sharq qoʻlyozmalari markazining fondida (inv. № 3415, 857, 3420, 8514, 1825) saqlanmoqda.
Falsafiy-irfoniy qarash orqali mutasavvuflar orasidan fors, arab, turk va bir qancha tillarda koʻplab falsafiy, badiiy, metafizik – ilohiyotga oid asarlar yozgan alloma, shoir va yozuvchilar, donishmand – mutafakkirlar yetishib chiqqanini koʻramiz. Falsafiy-irfoniy qarashlarning substansional ahamiyati oʻlaroq, tasavvuf Yaqin va Oʻrta Sharq mintaqa xalqlari madaniyatida eng koʻp shakllangan va tarqalgan harakat – oqimlardan biri sanaladi. Islom olami xalqlarining falsafiy-irfoniy fikrini oʻrganishda soʻfiylik – tasavvuf toʻgʻrisidagi ilm dolzarb ahamiyatga molikdir. Diniy-falsafiy yoʻnalish sifatida Irfon ilmini oʻrganish Sharq mintaqasi musulmon xalqlari dunyoqarashining shakllanishi va rivojlanishi omilini yanada teranroq yoritish imkonini beradi. Irfon – bu aslida (falsafiy tahlilda) gnoseologiya demakdir.
Abdurahmon Jomiyni avvalo biz shoir sifati, soʻngra esa hikmat ilmining “piri” deb koʻrishimiz kerak. Sababi J.Xolmoʻminovning “Jomiydek hanafiylik mazhabi aqoidida mustahkam turib, tasavvuf taʼlimotini har xil aqidaparast guruhlardan himoya qilgan Naqshbandiy orif merosini tadqiq etish Islom falsafasining XV asrgacha boʻlgan tadrijiy taraqqiyot bosqichlarini chuqurroq oʻrganishimizda katta yordam beradi” degan fikri bunga bir misoldir.
Mavlono Jomiy maʼnaviy-ilmiy merosining ilk tadqiqotchi va munaqqidi sifatida Navoiy va Loriy (Abdulgʻafur Loriy)dan boshlab bugungi jomiyshunos tadqiqotchilargacha boʻlgan olimlar ushbu masalaga koʻpincha roʻyxatlash va tavsiflash yoʻli bilan kirib brogan. Ular aniq bir dastur – tizimga jamlashni unchalik muhim hisoblamay qoʻygan.
Mavlono Jomiyning “Shavohidun nubuvvat” nomli asarida aks ettirilgan mavzuni oladigan boʻlsak: “Va az on jumla on ast, ki chun Rasul, sallallohu alayhi va sallam, ba hijrat az Makka ba soʻi Madina maʼmur shud va on soli chahordahum bud az beʼsat. On shab, ki az Makka berun omad, kuffori Quraysh qasdi on doshand, ki chun dar xob shavad, ba xonai vay daroyand va vayro bikushand”.
Tarjima: Va ushbu jumlada shunday soʻz (gap) borki, Paygʻambar (Muhammad) sollallohu alayhi vasallamning Makkadan Madinaga hijrat qilgan vaqt (yil – L.Axatov) oʻn toʻrtinchi sana (yil) kechasida Paygʻambar (Muhammad) sollallohu alayhi vasallam uylari (eshiklari) atrofida Quraysh kofirlari u kishini (Paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamni) oʻldirish uchun shaylangan edi.
Chun vaqti xuftan shud, hamai qavm omadand va bar dari xonai vay, sollallohu alayhi vasallam, muntazir mebudand, to dar xob shavad. On shab avvali surai Yo Sin (يسن) nozil shud.
Tarjima: Shu kechada xufton mahalda, qavm (Quraysh kofirlari) eshik oldiga keldilar va uyquga uxlashlarini kutib turardi. Shu kechada Yosin (يسن) surasi(ning) ilk (avval) qismi nozil boʻldi.
Rasul, sollallohu alayhi vasallam, mushte xok girift va berun omad va oyati xondan…
وجعلنا من باين ايديهم سددن و من خلفهم سدد [3:1-4]
Yaʼni: Dar peshi roʻi onon va pushti sari onon pardaye qaror dodem va (Yosin surasining oyati) tarjima – Ularning (koʻz) oldilariga va orqa (boshlari) tomon(i)da parda (bilan) tusdek (Yosin surasining oyati) maʼnosida…
Tarjima: Shunda, Paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam bir hovuch xok-tuproq (chang) olib (Qurʼondagi sura (يسن dan) ushbu oyatni oʻqidilar…
وجعلنا من باين ايديهم سددن و من خلفهم سدد
[10:27- B]
…Muhammadro nadided va on chi bo shumo kard niz. Hama barxostand va xok az saru roʻy meafshondand.
Tarjima: Muhammad sollallohu alayhi vasallamni koʻrmadilar. Hammasi turib, ust-boshini (turpoq-changdan) tozaladi.
Jomiy oʻz asarlarida keltirgan maʼlumotlarni (falsafiy-irfoniy qarashlarni) Islomdagi (Qurʼondagi) aniq dalillarga tayanib, komparativistik tadqiq qilgan.
Keyingisi, Va az on jumla on ast, ki chun on shab Rasul, sollallohu alayhi vasallam, bo Aboʻbakri Siddiq, roziyallohu anhu, ba dari gʻore, ki dar jabali Savr bud, rasidand. (Bunda: Jabali Savr – koʻhe dar janubi Masjidul haram, ki dar fosilai taqriban 6 km az on qaror dorad. In koʻh doroi gʻori maʼrufest bo hamin nom, ki Rasululloh, (s.a.v) dar hangomi hijrat, tibqi rojehtarin aqvol se shab az 13 to 15 sentabri soli 622 m. bo Aboʻbakr (r.z) on jo pinhon mondand. Tarjima: Savr – Makkadagi Masjid al-haramning janubiy tomonidan taxminan 6 (olti) klometrda joylashgan. Ushbu togʻ (gʻor)da hijrat vaqtida Paygʻambar (Muhammad) sollallohu alayhi vasallamning Abubakr Siddiq bilan uch kecha, yaʼni 622 yil 13 dan 15 sentyabrgacha boʻlganlari) eʼtirof etiladi [2:293-296]. Tarjima: Va ushbu jumlada shunday soʻz (gap) borki, ushbu kecha Paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam Abubakr Siddiq bilan Savr gʻoriga yetib keldilar. Aboʻbakr guft: Yo Rasululloh, man peshtar daroyam, to turo gazande narasad. Tarjima: Abubakr (Siddiq) aytdi(lar): Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldin man kiray, sizga gazanda (zarar beruvchi)dan ziyon yetmasligi uchun…
Ushbu maqolada Abdurahmon Jomiyning tasavvufiy-irfoniy qarashlari soʻfiylar hayoti va tasavvufiy qarashlari yordamida tadqiq qilindi. Bu borada Mavlono Jomiy “Vahdatul vujud” nazariyasi asosida ham ijod qilgan degan fikr quyidagicha izohlangan:
Hasrati ki haqiqati Haq omad, al-haq,
Ne onki buvad ba Haq muzofu mulhaq.
Qavme ba taʼayyunash muqayyad dorand,
Qavmi digar az qaydi taʼayyun mutlaq [12:100].
Mazmuni: Borliq Haqqa qoʻshilgan narsa emas, balki uning haqiqatidir.
Baʼzilar uni “taʼayyun”ga bogʻliq deb biladi, baʼzilar esa “taʼayyun”ga hech qanday daxli yoʻq, deb tushunadi.
Bunday “qarash”larni boshqa mutafakkirlarda ham uchratish mumkin. Bu borada Amir Xusrav Dehlaviyning “Hikmatlar”idan ham bilib olishimiz mumkin:
جان جهان همه عالم تو عئ
وانکه نگنجد بجهان هم توعئ [1:4].
Maʼnosi:
Olamning hama jabhasida Jon(i) Sen Oʻzing,
Garchi olamga sigʻmas (boʻlsa-da) Jon(i) Sen Oʻzing.
Bundan koʻrinib turibdiki, ushbu hikmatli soʻzlar “Vahdatul vujud” nazariyasiga xosdek tuyulsa-da, unda butun borliq Alloh tomonidan ixtiyor etilgan (vujudga keltirilgan)ligiga ishora bordir [12:1-4]. Xusrav Dehlaviyning ham talqinidagi Olam – Borliqning birinchi sababi (Joni) bu Alloh hisoblanishiga ishora qilinmoqda. Bunda borliq Alloh tomonidan yaratilganiga ishora demak. Bu Jon olam – borliqqa sigʻmas deb talqin qilinmoqda. Allohning Zoti yakka-yu yagonadir. Shuning uchun bu Jon (Alloh) buyuklik kashf etgani sabab, olamga sigʻmas (Muso a.s. talqinidagi Allohning jamolini ixtiyor etishi misolida ham bor…) yagonalik kasb etgay (matn tarjimasi muallif L.Axatovga tegishli).
Matnni Shoislom Shomuhamedov quyidagicha tarjima qilgan:
Joni jahoni olam, odam, oʻzing,
Olama sigʻmagʻuchi jon ham oʻzing [11:5].
Bu baytdan ham koʻrinib turibtiki, Joni jahoni olam – Borliq (jahon)ning Joni (vujudi), odam – insonlar jismida va jonida (mubaddal) ham, Oʻzing (Alloh) borsan, Olama sigʻmagʻuchi Borliqqa – olamga sigʻmas (undan ustun) Jon (Vujud) ham Oʻzing, deb sharhlangan.
Aslida: Alloh insonni yaratganda unga ruh (Jon) pufladi deb aytiladi… odam-insonlar ruhi (Joni)dan maqsad – Allohning Odamni yaratganda Oʻz ruhidan Jon kirgizganiga ishora demak… Insonlar jismida deb bilmaslik kerak!
Hikmat shuki, falsafiy-irfoniy qarashlar mohiyati – bu tafakkur taraqqiyotining ilmiy-gnoseologik tahlilining yadrosi boʻlmogʻi lozim.
- Akhatov Lutfillo. Tolerance and Islamic mysticism in the works of Jami. Novateur publications JournalNX. A Multidisciplinary Peer ISS NR eNvoie: wed Journal. Volume 6, Issue 5 2, 5M8a1y – 24203200.
- Akhatov Lutfillo. Tolerance and Islamic mysticism in the works of Jami. Novateur publications JournalNX. A Multidisciplinary Peer ISS NR eNvoie: wed Journal VOLUME 6, ISSUE 5 2, 5M8a1y – 24203200.
- Akhatov Lutfillo, Madalimov Timur and Xaytmetov Raimberdi. The spiritual connection of sufism and tolerance in the works of Jami. International journal of multidisciplinary research and publications (IJMRAP), Volume 2, Issue 11, 2020.
- The problem of tolerance in oriental philosophy. Multidisciplinary peer reviewed journal 6.7 (2020): 130-133. Web.
- Akhatov Lutfullo. A symbol of tolerance and friendship in Jamiyʼs work “Bahoriston”. “International journal of current science research and review. 3: 29-32. Web. Apr. 2020.
- Akhatov L. The problem of human psychological crises in the views of Emil Durkheim. Наука образование и культура, 50(6).
- Akhatov L. A symbol of tolerance and friendship in Jamiyʼs work “Bahoriston”. International journal of current science research and review, 1(1), 29-32.
- Пўлатов Ҳ., Маматов М. Тасаввуф тарихидан лавҳалар. – Т.: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти.
- Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Тасаввуф ҳақида тасаввур. – Т.: Шарқ, 2012.
- Жомий. Нафаҳот ул унс мин ҳазарот ал қудс. – Т.: 1913.
- 4- از حکمت های امیر خسرو دهلوی ترتیب دهندهنده و مترجیم شاه اسلام شاه محمداف تاشکند اداره نشریات یاش گواردیا – 1973 سهیفه
- Холмўминов Ж. Жомий ва ваҳдат ул-вужуд таълимоти. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – Б. 100; Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси Шарқшунослик институти Қўлёзмалар хазинаси, PN 1331 рақамли қўлёзма. – B.598.