Home / HADIS / OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISH

OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISH

بسم الله الرحمن الرحيم

١ – بَابُ [ما جاء في] قَوْلِهِ تَعَالَى: {وَوَصَّيْنَا الإِنْسَانَ بِوَالِدَيْهِ حُسْنًا} 

ALLOH TAOLONING: “BIZ INSONGA OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISHNI BUYURDIK”, DEGAN SOʻZI HAQIDAGI BOB 

١ – حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ، قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ, قَالَ: الْوَلِيدُ بْنُ الْعَيْزَارِ أَخْبَرَنِي, قَالَ: سَمِعْتُ أَبَا عَمْرٍو الشَّيْبَانِيَّ يَقُولُ: حَدَّثَنَا صَاحِبُ هَذِهِ الدَّارِ، وَأَشار بِيَدِهِ إِلَى دَارِ عَبْدِ اللهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ, قَالَ: سَأَلْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ: أَيُّ الْعَمَلِ أَحَبُّ إِلَى اللهِ عَزَّ وَجَلَّ؟ قَالَ: الصَّلاَةُ عَلَى وَقْتِهَا، قُلْتُ: ثُمَّ أَيٌّ؟ قَالَ: ثُمَّ بِرُّ الْوَالِدَيْنِ، قُلْتُ: ثُمَّ أَيٌّ؟ قَالَ: ثُمَّ الْجِهَادُ فِي سَبِيلِ اللهِ [عز وجل] . 

قَالَ: حَدَّثَنِي بِهِنَّ، وَلَوِ اسْتَزَدْتُهُ لَزَادَنِي. 

  1. Bizga Abul Valid soʻzlab berdi: “Bizga Shoʻba soʻzlab berdi: U: “Valid ibn Ayzor menga xabar berdi”, dedi. U: “Men Abu Amr Shayboniydan Abdullohning hovlisiga ishora qilib: “Bizga bu hovlining egasi soʻzlab berdi”, deganini eshitdim”, dedi. U (Abdulloh) bunday dedi:

“Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: “Qaysi amal Alloh azza va jalla uchun suyukliroq?” deb soʻradim. U zot: “Vaqtida oʻqilgan namoz”, dedilar. “Undan keyin qaysi?” dedim. “Ota-onaga yaxshilik qilish”, dedilar. “Undan keyin qaysi?” dedim. “Alloh yoʻlida harakat qilish”, dedilar. U zot menga shularni aytdilar. Yana soʻrasam, javob beraverar edilar”. 

٢ – عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرُو رَضِيَ اللهُ عَنْهُ, قَالَ: رِضَى الرَّبِّ فِي رِضَا الْوَالِدِ، وَسَخَطُ الرَّبِّ فِي سَخَطِ الْوَالِدِ. 

  1. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:

“Parvardigorning roziligi otaning roziligiga, Uning gʻazabi otaning gʻazabiga bogʻliqdir”.

٢ بَابُ بِرِّ الأُمِّ

ONAGA YAXSHILIK QILISH HAQIDAGI BOB 

٣ – عَنْ بَهْزِ بْنِ حَكِيمٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، مَنْ أَبَرُّ؟ قَالَ: أُمَّكَ، قُلْتُ: مَنْ أَبَرُّ؟ قَالَ: أُمَّكَ، قُلْتُ: مَنْ أَبَرُّ؟ قَالَ: أُمَّكَ، قُلْتُ: مَنْ أَبَرُّ؟ قَالَ: أَبَاكَ، ثُمَّ الأَقْرَبَ فَالأَقْرَبَ.  

  1. Nahz ibn Hakim otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi:

“Men: “Ey Allohning Rasuli! Kimga yaxshilik qilay?” dedim. U zot: “Onangga”, dedilar. Men yana: “Kimga yaxshilik qilay?” dedim. U zot: “Onangga”, dedilar. Men yana: “Kimga yaxshilik qilay?” dedim. U zot: “Onangga”, dedilar. Men yana: “Kimga yaxshilik qilay?” dedim. U zot: “Otangga, keyin oʻzingga yaqinroq boʻlgan qarindosh-larga”, dedilar”. 

٤ – عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ, أَنَّهُ أَتَاهُ رَجُلٌ فَقَالَ: إِنِّي خَطَبْتُ امْرَأَةً، فَأَبَتْ أَنْ تَنْكِحَنِي، وَخَطَبَهَا غَيْرِي، فَأَحَبَّتْ أَنْ تَنْكِحَهُ، فَغِرْتُ عَلَيْهَا فَقَتَلْتُهَا، فَهَلْ لِي مِنْ تَوْبَةٍ؟ قَالَ: أُمُّكَ حَيَّةٌ؟ قَالَ: لاَ، قَالَ: تُبْ إِلَى اللهِ عَزَّ وَجَلَّ، وَتَقَرَّبْ إِلَيْهِ مَا اسْتَطَعْتَ، فَذَهَبْتُ فَسَأَلْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ: لِمَ سَأَلْتَهُ عَنْ حَيَاةِ أُمِّهِ؟ فَقَالَ: إِنِّي لاَ أَعْلَمُ عَمَلاً أَقْرَبَ إِلَى اللهِ عَزَّ وَجَلَّ مِنْ بِرِّ الْوَالِدَةِ. 

  1. Ato ibn Yasor Ibn Abbosdan rivoyat qiladi:

“Bir kishi u(Ibn Abbos)ning oldiga kelib: “Men bir ayolga sovchi qoʻygandim. U menga turmushga chiqishdan bosh tortdi. Ammo boshqa kishi sovchi qoʻyganda, unga turmushga chiqishga rozi boʻldi. Shunda rashk qilib, u(ayol)ni oʻldirib qoʻydim. Men uchun tavbaga yoʻl bormi?” dedi. Ibn Abbos: “Onang tirikmi?” dedi. U: “Yoʻq”, dedi. Ibn Abbos: “Allohga tavba qilib, imkoniyating yetganicha U Zotga qurbat (maʼnaviy yaqinlik) hosil qil!” dedi. (Ato ibn Yasor aytadi:) Men Ibn Abbosning oldiga borib: “Onasining tirikligi haqida soʻrashing boisi nima?” deb soʻradim. U: “Onaga yaxshilik qilishdan koʻra Alloh azza va jallaga yaqin qiluvchiroq amalni bilmayman”, dedi”.

Imom Buxoriy “Al-Adab al-Mufrad”dan
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Obid XURSANDOV tarjimasi

Check Also

IMOM BUXORIYNING “SAHIH”LARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MAʼNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR

Imom Buxoriy yashagan davrdan ilgari yaratilgan hadis kitoblarida sahih va gʻayri sahih hadislar aralash holda …