Home / FOTO LAVHALAR / Jaholatni yengishning eng taʼsirchan yoʻli – maʼrifat

Jaholatni yengishning eng taʼsirchan yoʻli – maʼrifat

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Jizzax viloyati Forish tuman hokimligi hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” mavzusida keng qamrovli targʻibot tadbiri tashkil etildi. Unda mahalla faollari, “mahalla yettiligi” aʼzolari, tuman tashkilot va muassasalar rahbarlari, maʼnaviyat sohasi xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi B.Mahmudov jaholat va radikalizmga qarshi maʼrifat bilan kurashish gʻoyasining tarixi, bugungi ahamiyati va amaldagi ifodasi haqida atroflicha maʼlumot berdi. Taʼkidlanganidek, mutaassiblik va diniy savodxonlik saviyasining pasayishi jamiyatda turli qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi, shunday ekan, jaholatni yengishning eng taʼsirchan yoʻli ommaning maʼnaviy-maʼrifiy ongini yuksaltirish, haqiqiy ilmni keng targʻib qilib, yoshlarni sogʻlom fikr va zamonaviy bilimlar asosida tarbiyalashdir.

Tadbir davomida diniy-maʼrifiy sohada yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, vijdon erkinligi va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari haqida ham soʻz yuritildi.

Ishtirokchilar bu kabi maʼrifiy tadbirlar jamiyatda sogʻlom fikr, maʼnaviy barqarorlik va ahillik muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmat

Check Also

Maʼrifiy sayohat va ilmiy muloqotlar

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida “Movarounnahr toʻrtinchi yozgi seminarlari” …