Bugungi kunda jamiyat barqarorligi, tinchlik va hamjihatlikni taʼminlashda diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm kabi tahdidlarga qarshi maʼrifiy kurash olib borish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida Toyloq tumani taʼlim sohasi vakillari bilan profilaktik muloqot oʻtkazildi.
Uchrashuvda Markaz ilmiy xodimi J.Jumayev, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tumandagi bosh mutaxassisi N.Mamaraimov va tuman ayollar targʻibot guruhi rahbari M.Yoʻldosheva maʼruzalar bilan ishtirok etdi.
Suhbatda jamiyatda turli shakllarda namoyon boʻlayotgan jaholat, diniy savodsizlik, botil gʻoyalarga berilish va ilmga befarqlikning salbiy oqibatlari haqida soʻz yuritildi. Yoshlar ongida bilim olish va maʼrifatga ishtiyoqni, milliy va diniy qadriyatlarga sadoqatni shakllantirish orqali sogʻlom tafakkurli avlodni tarbiyalash muhim vazifa sifatida qayd etildi.
Tadbirda, shuningdek, ilm va maʼrifatga asoslangan buyuk merosimizni asrab-avaylash, madaniy qadriyatlarga ehtirom bilan yondashish va ularni yoshlar ongida mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.