Home / FOTO LAVHALAR / Muhim mavzular yuzasidan profilaktik muloqot

Muhim mavzular yuzasidan profilaktik muloqot

Maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, jamiyatda sogʻlom diniy muhitni shakllantirish va ijtimoiy tahdidlarning oldini olish masalalari fuqarolar, ayniqsa, yoshlar ongini toʻgʻri yoʻnaltirishga daxldor muhim tadbirlardan sanaladi. Bu borada taʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga katta masʼuliyat yuklangan.

Shuni inobatga olgan holda, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻtkazilayotgan targʻibot doirasida Oqdaryo tumanidagi oʻrta va oʻrta-maxsus taʼlim muassasalari direktorlari ishtirokida profilaktik suhbat tashkil etildi. Unda Markaz ilmiy xodimi N.Qobilov “Vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun-mohiyati, ijtimoiy tahdidlar va diniy muhitni sogʻlomlashtirish” mavzusida maʼruza qildi.

Muloqot davomida fuqarolarning diniy eʼtiqodiga hurmat, konfessiyalararo bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, yoshlarning ongini turli gʻarazli taʼsirlardan asrashda taʼlim muassasalarining maʼrifiy vazifalari xususida fikr yuritildi.

Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan fikr va takliflarini bildirib, bu kabi uchrashuvlarni davriy ravishda tashkil etish zarurligini taʼkidladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Samarqandda maorif sohasi rahbarlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan joylarda aholining maʼnaviy saviyasini oshirish, yosh avlod ongida sogʻlom …