Home / FOTO LAVHALAR / Turkiyada toʻrtinchi yozgi seminar

Turkiyada toʻrtinchi yozgi seminar

Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida “Movarounnahr toʻrtinchi yozgi seminarlari” doirasidagi malaka oshirish oʻquvlari boshlandi.

Joriy yilgi seminarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Qodirxon Mahmudov faol ishtirok etmoqda. Ushbu ilmiy oʻquv dasturida Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tatariston, Senegal, Makedoniya, Kosovo, Albaniya va Ozarbayjondan tashrif buyurgan yosh tadqiqotchilar, talaba-yoshlar hamda ilm ahli qatnashmoqda.

Institutning professor-oʻqituvchilari tomonidan arab va turk tillarida olib borilayotgan darslarda ishtirokchilarga usulul fiqh, usulul hadis, mantiq, islom falsafasi va Movarounnahr hududidan yetishib chiqqan ulamolarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari haqida atroflicha maʼlumotlar taqdim etilmoqda.

Malaka oshirish jarayonida qatnashchilar uchun Turkiyaning nufuzli universitetlari va ziyoratgohlariga ilmiy safarlar uyushtirish ham koʻzda tutilgan.

Oʻquv bir oy davom etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Shajarashunoslikdan yuksak ilm sari: Maxdumi Aʼzam avlodlari izidan

Yaponiyaning Tokio universiteti dotsenti, tarixshunos olim Yayoi Kavahara Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda …