Eka Shanti Rofi, “Kalimantan post” gazetasi bosh muharriri:
Oʻzbekiston islom ilm-fani va madaniyatiga ulkan hissa qoʻshgan koʻplab buyuk zotlarni tarbiyalagan moʻtabar zamin. Bu yurtning har qarich yeri muqaddas, har goʻshasi moʻtabar
Yuzlab, hatto minglab ulamolarning aynan Oʻzbekistondan yetishib chiqishining siri nimada?» – degan savol meni uzoq yillardan beri oʻylantirib kelar edi. Yurtingizga tashrifim davomida bu jumboqning javobini topgandek boʻldim. Alloh taolo aziz qilgan Vataningiz har qanday insonni oʻziga maftun etadi. Tanti va mehmondoʻst oʻzbek xalqini taʼriflashga til ojiz. Men Oʻzbekistonga tashrif buyursam, oʻzimni xuddi ona Vatanimda yurgandek his etaman. Oʻzbekistonda ilm va maʼrifat nurini his qildim. Bu nur bugun butun dunyo, jumladan, Indoneziya uchun ham gʻoyat muhim deb hisoblayman. Oʻzbekistondan biror mehmon Indoneziyaga tashrif buyursa, goʻyoki Imom Buxoriylar, Moturidiylar, Termiziylarning maʼrifat nurini Vatanimga olib kelgandek boʻladi. Indoneziya bu maʼrifat ziyosidan kuch oladi.
Mamlakatingiz ziyorat turizmi sohasida gʻoyat ulkan salohiyatga ega. Bu imkoniyatni ishga solgan holda indoneziyalik sayyohlarning Oʻzbekistonga tashrifini uyushtirsak, ikki mamlakat uchun ham foydali boʻlar edi. Buxoro, Samarqand, Xiva kabi tarixiy shaharlarni ziyorat qilishni, umri islom maʼrifati yoʻlida oʻtgan buyuk allomalarning maqbaralarini borib koʻrishni har bir indoneziyalik orzu qiladi. Buning uchun esa bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solishimiz darkor. Men bunga doim tayyorman.