Home / FOTO LAVHALAR / OAV haftaligida zamonaviy media muhokamasi

OAV haftaligida zamonaviy media muhokamasi

Joriy yil 26-iyun kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi tashabbusi bilan “OAV haftaligi” tadbirlari boʻlib oʻtdi. 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda mamlakatimiz media sohasi va xalqaro tashkilotlar vakillari, davlat idoralari rahbarlarining matbuot kotiblari hamda bir qator teleradiokanallar ijodkorlari ishtirok etdi.

Tadbirlar doirasida “Zamonaviy media: muammo, yechim va istiqbollar” mavzusidagi panel sessiya oʻtkazildi.

Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati rahbari Sherzod Mamatov ham ishtirok etib, mamlakatdagi diniy-maʼrifiy axborotni tarqatishdagi oʻziga xos yondashuvlar, OAV orqali keng jamoatchilikka yetkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy mazmundagi xabarlar sifatini oshirish masalalari yuzasidan muloqotlar oʻtkazdi.

Tadbir davomida media sohasidagi xalqaro va milliy hamkorlikni mustahkamlash, axborot xabardorligini oshirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini ommaviy axborot vositalarida qoʻllash, kontent sifatini baholash va samarali kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Haftalik doirasida oʻzaro hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimlari hamda media sohasi xodimlari uchun maxsus seminar va treninglar tashkil etildi.

Haftalik tadbirlari 27-iyunda ham davom etadi. Dasturga muvofiq, “Oltin qalam” milliy mukofotini topshirish marosimi hamda “Birlashma kubogi” uchun futbol musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Maʼrifat karvoni” – Jizzaxda

Jizzax viloyatida “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusidagi “Maʼrifat karvoni” targʻibot tadbirlari doirasida Jizzax shahridagi Axborot …