Home / MOTURIDIYLIK / “Samimiyat, muhabbat va maʼrifat….”

“Samimiyat, muhabbat va maʼrifat….”

Italiyaning CORIES islomiy diniy jamiyati vitse-prezidenti, Milan shahridagi Al-Vohid masjidi imomi Yahyo Serjio Pallavichini COREISning rasmiy saytida yaqinda Samarqandda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taassurotlari haqida maqola eʼlon qildi.

“Samimiyat, muhabbat va maʼrifat: Samarqandda musulmon olimlar uchrashuvi” nomli maqolada anjuman nafaqat diniy, balki maʼnaviy va ilmiy hamjihatlik ruhida oʻtgan muhim voqea sifatida koʻrsatiladi. Maqolada Imom Buxoriy, Abu Hasan Ashʼariy va Abu Mansur Moturidiy kabi sunniy islomning buyuk allomalariga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, ularning taʼlimotlari bugungi kunda ham diniy maʼrifat bobida muhim oʻrin tutayotgani taʼkidlanadi.

Shuningdek, maqolada Oʻzbekiston rahbariyati, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning maʼnaviy merosni asrash va xalqaro diniy muloqotni qoʻllab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlari alohida qayd etilgan. Konferensiya qatnashchilari, xususan, Misr, Turkiya, Iordaniya va BAAdan kelgan nufuzli ulamolarning fikrlari hamda moturidiylik taʼlimoti boʻyicha oʻtkazilgan muhokamalardan iqtiboslar keltirilgan.

Maqolada aytilishicha, anjuman Samarqandning nafaqat tarixiy, balki zamonaviy diniy-maʼrifiy markaz sifatidagi oʻrnini yana bir bor namoyon etgan.

Manba: O‘zA

Check Also

Olimlarimiz “Al-Irshod”da chiqish qildi

Malayziyadagi Selangor islom universitetining ilmiy nashri bo‘lgan “Al-Irshod” jurnalida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining …