Home / FOTO LAVHALAR / Markaz – yana bir xalqaro tadbir mezboni

Markaz – yana bir xalqaro tadbir mezboni

Toshkentda BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) va Al-Azhar universiteti (Misr) tashabbusi bilan boshlangan “Oʻzbekistonda ayollar huquqlariga oid islom taʼlimoti meʼyorlarini oʻrganishning nazariy-tadbiqiy jihatlari” mavzusidagi xalqaro oʻquv seminari ishtirokchilari 13-sentyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Markaz direktorining oʻrinbosari O.Muhammadiyev kutib olib, ilmiy tadqiqotlar natijalari, erishilayotgan muvaffaqiyatlar haqida maʼlumot berdi, muzey faoliyati bilan tanishtirdi.

Xalqaro tadbir dasturiga binoan shu yerning oʻzida ayollar huquqlarini islom nuqtayi nazaridan taʼminlashga oid bilim va koʻnikmalarni shakllantirish masalalariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. Unda UNFPAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mutasaddilari, Al-Azhar olimlari, mahalliy imom-xatiblar, otin oyilar, mahalla kengashlari va ayollar qoʻmitalari vakillariga mehnat jamoalarida, taʼlim sohasida, koʻcha-koʻy va jamoat joylarida, mahalla va oilalarda gender tenglik va ayollar huquqlarini taʼminlash, gender farqlanishga asoslangan zoʻravonliklarning oldini olish boʻyicha choralarni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Maʼruzachilar gender tenglikning ahamiyati va oiladagi zoʻravonliklarning zararli taʼsirlari borasida diniy soha xodimlarining xabardorlik darajasini oshirishga, islomda ayollar huquqlariga alohida eʼtibor qaratib, xotin-qizlarning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, oilani rejalashtirishning tibbiy va diniy jihatlarini keng targʻib qilish, erta turmush qurish holatlariga qarshi kurashishda kommunikatsion strategiya va koʻnikmalarni yanada rivojlantirishga oid fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Rossiya musulmonlariga yangi nashrlar taqdimot qilindi

Avval xabar berilganidek, Qozon shahridagi Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi” boʻlib oʻtmoqda. …