Bugun, 12-sentyabr kuni Termiz shahrida “Termiziy allomalarning ilmiy-maʼnaviy merosi: oʻtmish va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlandi.
Davlatimiz rahbarining 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi asnosida tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizdan 60 ga yaqin taniqli diniy ulamolar, yetuk islomshunos olim va mutaxassislar hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining bir guruh olimlari ishtirok etmoqda.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati