Home / FOTO LAVHALAR / Markaz olimlari – ilmiy safarda

Markaz olimlari – ilmiy safarda

Ayni kunlarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov va boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov Jazoirdagi Islom fanlari va sivilizatsiyasi tadqiqot markazi rahbari Др.Аҳмад Sagʻir taklifiga binoan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasida ilmiy safarda boʻlib turibdi.

Markaz ilmiy xodimlari Jazoir madaniyat, fan va taʼlim vazirligi hamda Islom fanlari va sivilizatsiyasi tadqiqot markazi hamkorligida Jazoirning Laguat shahrida Shayx Sayyidiy Ahmad ibn Hurma tavalludining yuz yilligi munosabati bilan Soʻfiylik taʼlimoti madaniyati festivali doirasida «Tasavvuf navolari: inqilob ohangi va kuylari» mavzusida oʻtkazilayotgan oʻninchi seminarda mamlakatimiz vakillari sifatida qatnashmoqda.

Anjumanda 20 ga yaqin davlatdan 300 dan ziyod professor va tadqiqotchilar, soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.

«Shayx Sayyidiy Ahmad ibn Hurma va uning Qodiriya tariqati ilmi rivojiga qoʻshgan hissasi», «Tasavvuf kuylari sanʼati va uning qadimiy tamadduni» hamda «Jazoirda tasavvuf tarixi» deb nomlangan shuʼbalarni oʻzida jam qilgan seminarda Markaz direktori Ш.Зиёдов «Oʻzbekiston va Jazoir oʻrtasidagi ilmiy aloqalar rivoji» mavzusida maʼruza qildi.

Seminar hafta oxirigacha davom etadi.

Safar davomida Islom fanlari va sivilizatsiyasi tadqiqot markazi rahbariyati va Jazoirdagi turdosh tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarni oʻrnatish yuzasidan muzokaralar olib borish ham nazarda tutilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari boshlandi

Oʻtayotgan haftada Samarqand viloyatidagi mahalla va taʼlim muassasalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida keng …