Home / FOTO LAVHALAR / Sivilizatsiyalar almashuvi va hamkorligi jamgʻarmasi rahbarining tashrifi

Sivilizatsiyalar almashuvi va hamkorligi jamgʻarmasi rahbarining tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 5 mart kuni AQSHning Sivilizatsiyalar almashuvi va hamkorligi jamgʻarmasi (CECF) asoschisi va rahbari doktor Muhammad Bashor Arafot mehmon boʻldi.

Olim bilan uchrashuvda direktor oʻrinbosari O.Muhammadiyev yurtimizdagi diniy-maʼrifiy islohotlar va ularning samarasi oʻlaroq tashkil etilgan yangi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari haqida soʻz yuritib, mehmonni Markaz faoliyati va ilmiy xodimlar olib borayotgan tarjima va tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishtirdi.

Bashor Arafot oʻzi rahbarlik qiladigan jamgʻarma haqida soʻzlar ekan, bugungi kunda CECF turli din va madaniyat vakillari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, dinlararo muloqotni shakllantirish va kengaytirish, “diniy diplomatiya”ni yoʻlga qoʻyish boʻyicha qator loyihalar ustida ishlayotganini qayd etdi.

Muloqot chogʻida tomonlar oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, xodimlar malakasini oshirish kabi masalalarni muhokama qildilar. Mehmonga Markaz tomonidan nashr qilingan kitoblar taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …