Home / FOTO LAVHALAR / Qoraqalpogʻistonda allomalarimiz ilmiy merosi targʻiboti davom etmoqda

Qoraqalpogʻistonda allomalarimiz ilmiy merosi targʻiboti davom etmoqda

28-fevral kuni Qoraqalpogʻistonda ish olib borayotgan targʻibot guruhi Beruniy tumanida Beruniy va Amudaryo tumanlari vakillari ishtirokida tadbir tashkil etdi.

Unda ijtimoiy soha vakillari, davlat tashkilotlarining joylardagi boʻlimlari mutasaddilari, mahalla raislari, hududlardagi hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari, diniy soha olimlari, maktabgacha taʼlim muassasalari mudirlari, umumtaʼlim maktab direktorlari va ularning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari qatnashdi.

Tadbirda ilmi uchun dunyo tan olgan ulugʻ bobokalonlarimizga munosib avlodni tarbiya toptirish, yoshlar qalbida oʻz xalqi, Vataniga mehr va sadoqat tuygʻusini kuchaytirish, uni turli vayronkor kuchlarning axborot xurujlaridan ogoh etib, munosib himoya qilish zarurligi taʼkidlandi.

Targʻibotchilar “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruzalar qildi.

Shuningdek, “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish qilinib, markazlar tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …