Home / FOTO LAVHALAR / ALISHER NAVOIY – TURKIY ADABIYOT PESHVOSI

ALISHER NAVOIY – TURKIY ADABIYOT PESHVOSI

Joriy yilning 9-fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligiga bagʻishlangan “Alisher Navoiy – buyuk davlat arbobi va turkiy adabiyot peshvosi” mavzusidagi adabiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Markaz direktor oʻrinbosari O.Muhammadiyev ochib berdi va Navoiyning turkiy til grammatikasi, turkiy tilda sheʼr yozish qoidalariga bagʻishlangan asarlari oʻtgan asrlardan bugungi kunga qadar ijod ahli va adabiyotchilarga ilmiy qoʻllanma boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidlab, mutafakkirning oʻz davrida saxiylik, bagʻrikenglik, mehr-oqibatda tengsiz boʻlganligiga qisqacha toʻxtaldi.

Soʻng Markaz ilmiy xodimlari turkiy adabiyot peshvosi haqidagi  fikrlarini bayon qildi. Alisher Navoiy merosini  oʻrganishning dolzarbligi va uning bugungi davrimiz uchun ijtimoiy ahamiyati xususida soʻz yuritildi.

Tadbir koʻtarinki ruhda davom etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …