Home / FOTO LAVHALAR / SHUKRONALIK BILAN YASHASH FAZILATI

SHUKRONALIK BILAN YASHASH FAZILATI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining targʻibot guruhi 30 noyabr kuni tadbirlarni Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumanida oʻtkazdi.

“Alisher Navoiy”, “Chordara”, “Yangiobod” va “Oybek” MFYda faollar, nuroniylar va uyushmagan yoshlar ishtirokida oʻtgan uchrashuvlarda Vatanga sadoqat, yurt tinchligi, mamlakatimizda inson manfaatlari yoʻlida olib borilayotgan islohotlar va keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik, yosh avlod turli buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishining oldini olishga oid masalalar hamda shukronalik tuygʻulari haqida fikr yuritildi. Inson hayotdan mamnun boʻlib yashasa, farovon turmushni qadrlasa, bemaʼni oʻy-xayollar va nomaʼqul ishlardan yiroq boʻlishi qayd etildi.

 

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filialida ham tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz ilmiy xodimlari – “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi”da

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Qozon shahrida joylashgan Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI …