Home / FOTO LAVHALAR / MULOQOTLAR NUKUS TUMANIDA TASHKIL ETILDI

MULOQOTLAR NUKUS TUMANIDA TASHKIL ETILDI

28 noyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining targʻibotchilar guruhi Qoraqalpogʻistondagi Nukus tumani mahallalarida ish olib bordi.

 “Toʻktov”, “Baqanshaqlы” “Qirantov” va “Aqmangʻыt” mahallalari vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda dinning asl mohiyati, islomning bagʻrikenglik va insonparvarlik gʻoyalari va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish choralari xususida suhbat qurildi.

Din niqobi ostidagi daʼvatlardan koʻzlangan asosiy maqsadlar ochib berilib, yigʻilganlar axborot tahdidlarining salbiy ijtimoiy oqibatlaridan ogoh etildi.

Shunday tadbirlar Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti va Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida ham tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Indoneziya OAV O’zbekiston ulamolari va olimlarining Jakartaga ilmiy safari haqida yozmoqda

O’zbekiston Din ishlari qo’mitasi, Musulmonlar idorasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari …