Home / FOTO LAVHALAR / GALDAGI TADBIRLAR GURLAN VA YANGIBOZORDA TASHKIL ETILDI

GALDAGI TADBIRLAR GURLAN VA YANGIBOZORDA TASHKIL ETILDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Xorazm viloyatining Yangibozor va Gurlan tumanlari mahallalarida targʻibot tadbirlarini oʻtkazdi.

Yangibozor tumanidagi “Xalqobod”, “Ochaqalʼa”, “Oltinkoʻl”, “Navroʻz” MFY ahli bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning tub maqsadlar, alloma ajdodlarimizning ibratmonand hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosi, ilm olish va yoyishning fazilati, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik hamda vatanparvarlik tuygʻusini yuksaltirish mavzularida suhbatlar oʻtkazildi.

Gurlandagi “Sobunchi”, “Paxtachi”, “Doʻstlik”, “Nurobod” mahallalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan tadbirlarda bugungi kunda yurtimizda roʻy berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy yangilanishlar ahamiyati haqida fikr yuritilib, turli gʻoyaviy kurashlar keskinlashayotgan davrda jaholatga qarshi ilm va maʼrifat bilan kurashish zarurati toʻgʻrisida hayotiy misollar asosida bilim va koʻnikmalar berildi.

Targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …