Home / FOTO LAVHALAR / XORAZM MAHALLALARIDA KЕNG KOʻLAMLI TADBIRLAR BOSHLANDI

XORAZM MAHALLALARIDA KЕNG KOʻLAMLI TADBIRLAR BOSHLANDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Xorazmdagi targʻibot tadbirlari doirasida viloyat mahallalarida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlarni boshladi.

Targʻibotchilar Urganch tumani mahallalarida boʻlib, aholi bilan jonli muloqotda bugungi kunda mamlakatimizda xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish choralari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida suhbatlar qurdi.

Toʻrtta MFYda oʻtkazilgan uchrashuvlarda “Sholikor”, “Chakka koʻli”, “Bobodehqon”, “Hamid Olimjon”, “Beshayvon”, “Oq ariqlar”, “Arboblar”, “Boʻston” mahallalari qamrab olindi.

Tadbirlarda yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni axborot xurujlaridan asrab, turli yot gʻoya va mafkuraviy tajovuzlardan himoya qilish, buyuk ajdodlarga munosib avlod qilib voyaga yetkazish, yosh avlod ongiga milliy urf-odat va anʼanalarimizni singdirish kabi oldimizda turgan eng muhim vazifalar haqida soʻz yuritildi.

Ishtirokchilar tomonidan bugungi kunda yurtimizdagi tinchlik va farovon hayotning qadriga yetish, yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash lozimligi taʼkidlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tadqiqotini kutayotgan qoʻlyozmalar bisyor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …