Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZ DIRЕKTORI XALQARO ANJUMANDA MAʼRUZA QILDI

MARKAZ DIRЕKTORI XALQARO ANJUMANDA MAʼRUZA QILDI

Poytaxtimizda 16 noyabr kuni – “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” munosabati bilan “Millatlararo va dinlararo bagʻrikenglik – samarali hamkorlikning muhim omili” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.

Mamlakatimizdagi davlat idoralari, diniy va jamoat birlashmalari, milliy-madaniy markazlar, oliy taʼlim va ilmiy muassasalar rahbarlari, nodavlat-notijorat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etgan anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov ham qatnashdi va “Jaholatga qarshi – maʼrifat” mavzusida maʼruza qildi.

Maʼruzachi jaholatga qarshi kurashning eng maqbul va samarali yoʻllarini tahlil qilib, bu borada Markaz xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar xususida maʼlumot berdi. Notiq mamlakatimizda diniy maʼrifatni yanada oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, nafaqat islom ilmlari, balki butun insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarning boy ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganib, keng targʻib qilish natijasida erishilayotgan muvaffaqiyatlarni tilga oldi.

Sh.Ziyodov yurtimizda olib borilayotgan diniy-maʼrifiy islohotlar samarasining eʼtirofi sifatida qator nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va yirik ilmiy muassasalar olimlari fikrlaridan iqtiboslar keltirdi va mamlakatimizdagi boshqa turdosh muassasalar faoliyati bilan mushtarak holda davlatimiz “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasidan hech ham ogʻishmasdan dadil olgʻa borayotganini taʼkidladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz ilmiy xodimlari – “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi”da

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Qozon shahrida joylashgan Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI …