Home / FOTO LAVHALAR / TURKIYA HUQUQ-TARTIBOT IDORALARI VAKILLARI MARKAZ MЕHMONI BOʻLDI

TURKIYA HUQUQ-TARTIBOT IDORALARI VAKILLARI MARKAZ MЕHMONI BOʻLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qoʻmondonining oʻrinbosari general-leytenant Husayn Kurtoʻgʻli rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev qarshi olib, muzey faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Imom Buxoriyning hayot yoʻli va ilmiy faoliyati haqida hikoya qiluvchi eksponatlar delegatsiya aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.

Muloqot chogʻida mehmonlarga Markaz faoliyati va Turkiya ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalari haqida maʼlumotlar berildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Qurol emas, qalam bilan

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida Paxtakor tumanida …