Home / FOTO LAVHALAR / QASHQADARYODA TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

QASHQADARYODA TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Biz yot gʻoyalar va axborot xurujlariga qarshimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Markaz ilmiy xodimlari Sh.Umarov, B.Mahmudov, S.Abduvoitov va A.Mamadaliyev institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, tyutor va talabalariga bugungi globallashuv sharoitida yoshlar ongu tafakkuriga salbiy taʼsir etuvchi turli mafkuraviy nayranglar va axborot xurujlaridan saqlanish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishni tashkil etish yuzasidan mamlakatimizda olib borilayotgan amaliy tadbirlar xususida tushuncha berdi.

Bundan tashqari, targʻibotchilar bugungi globallashuv jarayonida yoshlarda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga doimiy ehtiyoj nuqtai nazaridan kelib chiqib, ilm va maʼrifatning inson hayotidagi yuksak ahamiyatini hayotiy misollar asosida qayd etib oʻtdi.

Maʼruzachilar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Tadbir yakunida Markaz tomonidan chop etilgan “Sahihi Buxoriy sharhi” va “Musnadi Keshiy” kitoblari, Imom Moturidiy qalamiga mansub “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining 30-juzi hamda “Buyuk allomalarimiz” haqidagi xalqchil risola va “10 ta haqiqat” plakatlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …