Home / FOTO LAVHALAR / IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHITNI SOGʻLOMLASHTIRISH – DAVR TALABI

IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHITNI SOGʻLOMLASHTIRISH – DAVR TALABI

Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish boʻyicha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, MFY raislari va profilaktika inspektorlaridan iborat “2+1” formatidagi targʻibot guruhlari 26 sentyabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Quyi Algar” va “Chorchinor” mahallalarida uchrashuvlar tashkil qildi.

Barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkazilgan bu targʻibot tadbirlarida tinch va osuda hayotning qadriga yetish, shukronalik hissi bilan yashash, muqaddas islomning insonparvarlik tamoyillarini targʻib etish, azaliy milliy qadriyatlarimizni tiklash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik hamda vatanparvarlik tuygʻusini yuksaltirish mavzularida suhbatlar oʻtkazildi.

Ishtirokchilar bilan boʻlgan individual muloqotlarda ularga bugungi kunda koʻz oʻngimizda yuz berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlar, turli mafkuraviy tahdidlar avj olayotgan sharoitda jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan ham muhim ekanligi toʻgʻrisida hayotiy misollar asosida bilim va koʻnikmalar berildi.

Mutaxassislar yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni axborot xurujlaridan asrash, turli yot gʻoyalar va tajovuzlardan himoya qilish, ongiga milliyligimiz, urf-odat va anʼanalarimizni singdirish, taʼlim-tarbiya ishlarida ota-onalarning rolini yanada oshirish, xususan, farzandlar kelajagini belgilashda ularning maʼrifatli ishtirokini kengaytirish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan ekani alohida taʼkidlab oʻtildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Rossiya musulmonlariga yangi nashrlar taqdimot qilindi

Avval xabar berilganidek, Qozon shahridagi Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi” boʻlib oʻtmoqda. …