Home / MAQOLALAR / MЕNING OʻLIMIM – BIR INSONNING OʻLISHI, U KISHINING VAFOTLARI ESA ILMNING ZAVOLIDIR…

MЕNING OʻLIMIM – BIR INSONNING OʻLISHI, U KISHINING VAFOTLARI ESA ILMNING ZAVOLIDIR…

Abu Jaʼfar aytganlar: “Menga oʻrtoqlarimdan biri: “Abu Abdulloh Buxoriy Abu Isʼhoq Surmoriyning ziyoratlariga bordilar. U kishining huzurlaridan chiqqach, Abu Isʼhoq: “Kimki haqiqiy va rostgoʻy faqihni koʻrmoqchi boʻlsa, mana shu odamga qarasin”, – dedilar. Imom Buxoriy kirganlarida u kishini yonlariga oʻtqazdilar”, – dedi”.

   Abu Jaʼfar aytganlar: “Doʻstlarimdan birining: “Muhammad ibn Salomning huzurlarida edim. Imom Buxoriy Iroqdan qaytishlarida shu yerga kirib keldilar. U yerdagi odamlarning musibatlari haqida gapirib, imom Ahmad ibn Hanbalning boshlariga tushgan koʻrguliklarni aytib berdilar. Chiqib ketganlaridan keyin Muhammad ibn Salom hozir boʻlganlarga: “Bokira qizni shu yigitdan ham hayoli deb oʻylaysizlarmi?!” – dedilar”, – deganlarini eshitdim”.

   Abu Jaʼfar aytganlar: “Yahyo ibn Jaʼfarning: “Agar Muhammad ibn Ismoilning umrlariga oʻzimning umrimni qoʻshib berishga qudratim yetganda edi, shunday qilardim. Chunki mening oʻlimim – bir insonning oʻlishi, u kishining vafotlari esa ilmning zavolidir”, – deganlarini eshitdim”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

FUTUVVAT FALSAFASIDA KOMIL INSON MASALASI

Islomiy tariqatlar sifatida futuvvat ham, tasavvuf ham insonni poklashga, mehr-shafqat, himmat va mardlik fazilatlarini egallashga …