Home / MAQOLALAR / IMOM BUXORIYNING ZAKOVATLARI, ILMLARINING KЕNGLIGI…

IMOM BUXORIYNING ZAKOVATLARI, ILMLARINING KЕNGLIGI…

 Hofiz Abu Ahmad Abdulloh ibn Adiy aytganlar: «Bir qancha shayxlardan eshitishimcha, hadis ilmining peshvolari Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning Bagʻdodga kelganlarini eshitib, u kishining huzurlariga yigʻilishibdi. Ular imom Buxoriyni sinash uchun yuzta hadisni oʻn kishiga matn va sanadlarini almashtirib, bir sanadni boshqa matnga, matnni esa boshqa sanadga qoʻyib yodlatishgan ekanlar.

   Barcha toʻplangach, ulardan biri turib, oʻntalikdan bitta hadisni Buxoriydan soʻradi. U kishi: “Buni bilmayman”, – dedilar. Ikkinchisini soʻradi. “Buni ham bilmayman”, – dedilar. Hatto oʻnta hadisni soʻradi. “Buni bilmayman” degan javobni takrorlayverdilar. Olimlar bir-birlariga qarab: “Bu odam bilib turibdi”,   deyishdi. Bu ilmlardan xabarsizlar esa, Buxoriyni ojiz ekan, hadislarni bilmas ekan, deb oʻylashdi.

   Soʻngra ikkinchi odam oʻrnidan turdi. Avvalgisi kabi hadislarni chalkashtirib ayta boshladi. Buxoriy: “Buni bilmayman”, – derdilar. Soʻngra uchinchisi turdi. Oʻn kishi shu tarzda yuzta hadisni aytib chiqdi. U kishi esa “Bunaqasini bilmayman”dan boshqa gapni aytmasdilar.

   Ularning savollari tamom boʻlganini bilgach, hadis aytishni boshlaganga yuzlanib: “Birinchi hadising bunday, ikkinchisi bunday, uchinchisi bunday,… oʻninchisi bunday”, – deb har bir matnni oʻz sanadiga qoʻyib aytaverdilar. Keyingilarini ham xuddi shu tarzda tuzatib aytdilar. Yigʻilganlar tasannolar aytib, u kishining oʻtkir quvvayi hofiza sohibi ekanliklariga iqror boʻlishdi».

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

DINIY EKSTREMIZM VA SOF ISLOM

Din – arabcha soʻz boʻlib, “eʼtiqodga ehtiyojli har bir insonning talabini qondirishni oʻzida mujassam etuvchi” …