Home / FOTO LAVHALAR / YTB vakillari – Markazda

YTB vakillari – Markazda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiya Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar boshqarmasi (YTB) vakillari mehmon boʻldi.

Turli mamlakatlardagi turklar va qardosh jamiyatlar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan bu muassasa xorijlik talabalarga Turkiyada tahsil olish uchun davlat grantlari ham ajratadi. Ayni paytda YTB grantlari asosida ushbu davlatda taʼlim olayotgan talabalar orasida oʻzbekistonliklar ham koʻpchilikni tashkil etadi.

Boshqarma rahbari maslahatchisi Zulgʻoyib Oqqush boshchiligidagi delegatsiyani direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib olib, Markaz muzeyi va kutubxona faoliyati bilan tanishtirdi.

Muloqot chogʻida Markaz bilan boshqarma oʻrtasida ilm-fan va taʼlim yoʻnalishlarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Mehmonlar Markazda ilmiy amaliyot oʻtayotgan turkiyalik tadqiqotchi dr.Derya Idikurt bilan ham uchrashdi. Suhbatda bu yerda ilmiy faoliyat uchun yaratilgan qulay sharoit va keng imkoniyatlar tilga olindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Mashgʻulotlar amaliyot bilan bogʻlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻtgan davr mobaynida qator xalqaro nufuzli tashkilot va ilmiy …