Home / FOTO LAVHALAR / Hashar uyushqoqlik bilan oʻtmoqda

Hashar uyushqoqlik bilan oʻtmoqda

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ham umumxalq xayriya hashari tadbirlari uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda.

  

Hashar davomida xodimlar Markaz binosi atrofidagi maydonlarni obodonlashtirish, yovvoyi oʻt-oʻlanlardan tozalash, manzarali daraxtlarga shakl berish va oqlash, ariq va zovurlarni tozalab, gullarga suv quyish ishlarini bajarmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz rahbari – Samarqanddagi yirik anjumanda

Bugun, 3-may kuni Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiyadagi Egey universiteti …