Home / FOTO LAVHALAR / Misr safari davom etmoqda…

Misr safari davom etmoqda…

Oʻzbekiston delegatsiyasi Misr safari doirasida 2023 yil 14 mart kuni Ekstremizmni oʻrganish Salam markaziga tashrif buyurdi.

Ekstremizmni oʻrganish Salam markazi 2022 yilda Misr fatvo uyi huzurida tashkil qilingan boʻlib, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda hokimiyat organlariga koʻmaklashish, ekstremizm va radikalizm profilaktikasining ilmiy, madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik jihatlarini oʻrganish kabi bir qator muhim vazifalarni bajaradi.

Markaz Misrning taniqli ulamolari hamkorligida sof islomiy tushunchalarning ixtiloflarga sabab boʻlayotgan notoʻgʻri talqinlarini bartaraf etish yuzasidan ilmiy asoslangan fatvolarni chiqarish orqali ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashib keladi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Markazda ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, jumladan, islomning asl insonparvarlik mohiyatini ochib berishga qaratilgan hujjatli filmlar, chiqarilgan fatvolar, ixtilofli masalalarga tezkor javob qaytarish uslublari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida  xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Ekstremizmni oʻrganish Salam markazi oʻrtasida amaliy hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, xususan, Anglashuv memorandumini imzolashkadrlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, oʻzaro tajriba almashish, hamkorlikda konferensiya va ilmiy seminarlar tashkil etish, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazilib, amaliy natijalarga erishildi.

Tashrif yakunida Markaz kutubxonasiga Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” asari va boshqa esdalik sovgʻalari topshirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Buyuk muhaddis olim merosiga bagʻishlandi

Joriy yilning 20-iyul kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi …