Home / FOTO LAVHALAR / XALQARO ILMIY KONFЕRЕNSIYA: MUAMMO VA YECHIMLAR TAHLILI

XALQARO ILMIY KONFЕRЕNSIYA: MUAMMO VA YECHIMLAR TAHLILI

Islom olami fanlar akademiyasining Karachi shahrida ish boshlagan XXIV Xalqaro ilmiy konferensiyasi ikkinchi ish kunida ishtirokchilar shoʻbalarga boʻlingan holda faoliyat olib bordi.

Shoʻbalar ishida pokistonliklar bilan birga, Polsha, Malayziya, Germaniya, Avstraliya, AQSH, Kanada, Turkiya, Eron, Bangladesh, Marokash, Iordaniya va Falastindan tashrif buyurgan turli soha olimlari maʼruza qildi.

Konferensiyada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yoʻlidagi oliy taʼlim, fan va texnologiya uchun imperativlar, tasodifiy neyron tarmogʻi hamda uni oʻrganish algoritmlari va shunga oʻxshash tor doiradagi mavzular bilan birga, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalarning muvaffaqiyatga erishishdagi oʻrni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun texnologiya va innovatsiyalarning raqamli transformatsiyasi singari umumiy mavzular doirasida ham maʼruzalar qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar barqaror va inklyuziv dori vositalarini kashf etish va rivojlantirish orqali giyohvand moddalarni rivojlantirish muammolariga qarshi kurashishning oʻsuvchan paradigmasi, tabiat orqali giyohvand moddalarni tadqiq qilishning laboratoriyadan patentgacha boʻlgan bosqichlarini ham muhokama etishdi.

Konferensiyada sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda halol mahsulotlar va biomolekulyar fanlarning oʻrni hamda salomatlikning muhim axloqiy masalalar sirasidagi yuksak ahamiyati taʼkidlandi.

Iordaniya Fan va texnologiyalar oliy kengashi Bosh kotibi Abdulla al-Musaning maʼruzasi ishtirokchilarda ayniqsa katta qiziqish uygʻotdi. Notiq bioxilma-xillik iqtisodiyoti haqida tushuncha berib, innovatsion ilm-fan, maʼlumotlar bilan iqlim favqulodda holatiga qarshi turish yoʻllari hamda bu borada adolatga asoslangan yechimlarni koʻrsatdi.

Konferensiya yalpi majlisida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun nanotexnologiyalar, biomedikal ilovalar uchun funksional va biotibbiyot uchun nanomateriallarni loyihalash va sintez qilishning energiya ilovalari namoyish etildi.

Tadbirning panel muhokamalarida IHT mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga oid muammolar yechimi, ilm-fanni rivojlantirish masalalari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiy texnologiyasi borasida oʻzaro fikr almashildi.

Konferensiya fan, texnologiya va innovatsiyalarni barqaror rivojlanish uchun joriy etish, mavjudlarini moslashtirish va ulardan samarali foydalanishda IHTga aʼzo davlatlari uchun ilmiy va amaliy platforma boʻlib xizmat qildi.

Shuning bilan Islom olami fanlar akademiyasining “IHT mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yoʻlida fan va texnologiyalarni rivojlantirish muammolari” mavzusidagi XXIV Xalqaro ilmiy konferensiyasi oʻz ishini yakunladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tasavvuf – yirik ijtimoiy voqelik sifatida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …