Home / MAQOLALAR / DINIY BAGʻRIKЕNGLIK – TINCHLIK ASOSI

DINIY BAGʻRIKЕNGLIK – TINCHLIK ASOSI

Bagʻrikenglik oʻzbek xalqi maʼnaviyati va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar oʻrtasida doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bagʻrikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida eʼtibor qaratib kelinadi.

Bu, ayni paytda Oʻzbekistonning barcha sohadagi islohotlarida ham oʻz aksini topgan. Xususan, “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi yoʻnalishi aynan diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash masalasiga bagʻishlangani mamlakat Prezidenti va hukumatining xalqaro hujjatlarda belgilangan umuminsoniy vazifalarga qaratayotgani yuksak eʼtiborining namunasi hamdir.

Globallashuv davrida dunyoda vujudga kelayotgan tahlikali vaziyat tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo miqyosida keskin gʻoyaviy kurashlarning avj olishi, turli mafkuralar toʻqnashuvi, demokratiya  yoki turli diniy taʼlimotlar shiorlari bilan niqoblangan yovuz gʻoyalarni singdirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Xususan, dunyo xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy raxna solishga intilayotgan ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, giyohvandlik, tahdidlarning mavjudligi jiddiy fikrlashni talab etmoqda. Bu borada, dunyo miqyosida vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatlar kuchayib borayotgan xavf – xatarlar, qonli toʻqnashuvlar, siyosiy va iqtisodiy qarama – qarshiliklar, terrorizm, radikalizmning tobora avj olishi tinchlik va barqarorlikka jiddiy tahdid solayotganligi tobora oydinlashmoqda.    Garchi Oʻzbekistonda mustaqillik yillari millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik muhitini saqlash borasida  izchil siyosat olib borilgan va bu boradagi ishlar yangi davr talablaridan kelib chiqib davom ettirilib kelinayotgan boʻlsa-da, globallashuv sharoitida xotirjamlikka berilish aslo mumkin emas.

Zamonaviy davlatning maqsadi jamiyatda hamjihatlik va barqarorlikni, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini taʼminlashdan iborat. Zero, mamlakatimizning taraqqiy etishi avvalambor undagi barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglik muhitining saqlanishiga bogʻliq.

Bugun kunda barchaga maʼlumki, xalqaro terrorizm, radikalizm, mutaassiblik, ekstremizm kabi muammolar chegara bilmasligi dunyo jamoatchiligini doimo tashvishga solib kelmoqda. Ayniqsa, dunyo miqyosida ekstremizm, xalqaro terrorizmga qarshi kurashda maʼrifatni  targʻib etish gʻoyasi doimo Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro miqyosdagi nutq va maʼruzalarining bosh mavzusiga aylanib bormoqda.

Bu sohadagi tashabbus va ilgʻor gʻoyalar bugungi kunda Prezident  Shavkat Mirziyoyev tomonidan dunyo miqyosida ham ilgari surilmoqda. Bu haqda fikr yuritganda 2017 yil 8-9 iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining cammitida soʻzlagan nutqi alohida oʻrin tutadi. Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlar ekan: “Davlatimiz rahbari Afgʻonistondagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirish butun mintaqamizda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Oʻzbekiston Afgʻonistonda tinch va osoyishta hayotni tiklash boʻyicha afgʻon xalqi va xalqaro hamjamiyat saʼy-harakatlarini qatʼiy qoʻllab-quvvatlaishni aytdi oʻtdi. Shuningdek, yoshlarni turli yot gʻoyalardan asrash, ularning zamonaviy taʼlim-tarbiya olishi, komil inson boʻlib voyaga yetishida davlatlararo hamkorlikning ahamiyati katta[1], dedi davlatimiz rahbari. 

Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilar ekan: “Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning taʼlim olish huquqini taʼminlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga koʻmaklashishdan iborat. Ushbu rezolyutsiya bagʻrikenglik va oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taʼminlash, eʼtiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashishga qaratilgan…Biz mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyoj va manfaatlarini taʼminlashdan iborat boʻlgan eng muhim ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning hal qiluvchi sharti aynan shunda mujassam, deb bilamiz”[2], – deya alohida taʼkidlab oʻtgan edi. 

 Ayniqsa, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Helena Freyzer tomonidan bildirilgan fikr eʼtiborga molikdir. Bu haqda Helena Freyzer: “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” nomli rezolyutsiya BMTga aʼzo davlatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi. 51 davlat Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan konstruktiv taklif, yaʼni dunyoda mavjud barcha dinlarga nisbatan maʼnaviy bagʻrikenglik madaniyatini kuchaytirishga doir gʻoyani qoʻllab-quvvatladilar. Chunki ushbu rezolyutsiya bagʻrikenglik bilan birga, madaniy va diniy bilimlarni kuchaytirish tamoyilini ham olgʻa surgan holda, global tinchlik va farovonlik uchun ustuvor yoʻnalish boʻlib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir”[3], – deya taʼkidlashi ayniqsa, yurtimizda bu borada olib borilayotgan ishlar yuksak darajada ekanligini yaqqol tasdigʻidir.

“Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” nomli rezolyutsiyaning BMT Bosh Assambleyasida qabul qilinishi ana shu ijobiy munosabatlar natijasidir”,- deya taʼkidlasa, Misr Arab Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Amani Al-itr xonim: “ushbu muhim rezolyutsiyani Misr ham qoʻllab-quvvatladi. Davlatlarimiz oʻrtasida ayni masaladagi tutash nuqta, bu – Oʻzbekiston bilan Misrning diniy totuvlik jamiyat barqarorligida muhim rol oʻynashini anglab yetganidir. Rezolyutsiya tashabbuskori boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rolini alohida taʼkidlab oʻtishni istardim. Bu Oʻzbekistonning xalqaro hamjamiyat oldida turgan murakkab muammolar yechimini topishda oqilona tashabbusi boʻldi”[4], – deya fikr bildirishi bu borada Yurtimizda amalga oshirilayotgan siyosat dunyo miqyosida yuksak eʼtirofda ekanligidan dalolat beradi.

Ming afsuski, bugungi kunda jahondagi tinchlik va barqarorlikka millatlararo va dinlararo ziddiyatlar hamda terrorizm jiddiy xavf tugʻdirmoqda. Garchi Oʻzbekistonda mustaqillik yillari millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik muhitini saqlash borasida  izchil siyosat olib borilgan va bu boradagi ishlar yangi davr talablaridan kelib chiqib davom ettirilib kelinayotgan boʻlsa-da, globallashuv sharoitida xotirjamlikka berilish aslo mumkin emas.

Oʻzbekistonning inson huquqlari va diniy erkinlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar dunyo miqyosida eʼtirofga sazovor boʻlmoqda. Oʻtgan yillar mobaynida “Mehr-1”, “Mehr-2”, “Mehr-3”, “Mehr-4”, “Mehr-5” insonparvarlik tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshirilib, Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar maydonidan, Afgʻonistondan 261 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar yurtimizga qaytarib olib kelinib,  ularga zarur boʻlgan tibbiy va moddiy yordam koʻrsatildi. 

Mana shunday bir sharoitida tinchlik, barqarorlikni saqlashda eng avvalo, maʼnaviyat va maʼrifatga eʼtibor qaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xulosa qilib aytganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Biz maʼnaviyat va maʼrifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamizVijdoni, maʼnaviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi koʻradi. Vijdon, maʼnaviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir. Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng va qizgʻin qoʻllab-quvvatlanayotgani maʼnaviy tarbiyaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanini koʻrsatadi[5]. Binobarin, Prezidentimiz taʼbiriga koʻra, “Jaholatga qarshi – maʼrifat” degan fikrda katta maʼno bor.

Yer yuzida necha milliardlab insonlar yashaydi. Ularning turmush tarzi va madaniyati turfa xil. Biroq tafakkur koʻzi bilan qaralsa, bunday xilma-xillikning zamirida Alloh taoloning ulkan hikmati yashirin. Binobarin, insonlar bir-biri bilan tanishib, ezgulik yoʻlida hamkorlik qilishlari, oʻzaro aloqa oʻrnatishlari, shuning bilan birga zaminda tinchlikni qaror toptirishlari iroda qilingan. Koinot gultoji boʻlgan odamzod Parvardigorning mana shu hikmatini toʻla anglab, harakat qilsagina, dunyoda tinchlik, baxtu saodat barqaror boʻladi.                                                 

[2] Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq soʻzladi http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017
[5] Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi. http://uza.uz/oz/politics/prezident-shavkat-mirziyeevning-zbekiston-respublikasi-musta-31-08-2019
Zafar XAYRULLAYEV,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita mutaxassisi 

Check Also

XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDAGI SAMARQAND MAʼRIFATPARVARLIK ADABIYOTI NAMOYANDALARIDAN BIRI SABRIY MUFTAQIRIY MEROSI

Sabriy naqshbandiya tariqati vorisi, XX asr boshlari adabiy jarayoniga oʻziga xos hissa qoʻshgan, shoir, shayx …