Home / FOTO LAVHALAR / XODIMLAR TURKIYADAN MALAKA OSHIRIB QAYTDI

XODIMLAR TURKIYADAN MALAKA OSHIRIB QAYTDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Turkiyaning Pamukkale universitetida malaka oshirib qaytdi.

   

Mazkur universitet va Markazning oʻzaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi asosida ishlab chiqilgan ikki haftalik malaka oshirish dasturi davomida ilmiy xodimlar Bahodir Mirzayev va Husen Mirzohmadov universitetning Islom ilmlari institutida islom tarixi, ilmiy-tadqiqot ishlari va metodologiyasi, aqoid hamda boshqa ilmlarga oid darslarda ishtirok etib bilimlarini mustahkamladi.

   

Kurs mobaynida malaka oshiruvchilarga “Samarqand tarixi” kitobi muallifi, doktor Osman Aydinli, arab tili va adabiyoti olimi, shoir va tarixchi Harun Abachi, islomshunos olim, tafsir va hadis ilmlari mutaxassisi, “Sahobalar ilmini aniqlash” kitobi muallifi, universitetning teologiya fakulteti dotsenti Mahmut Yazichi, universitetning ilohiyot fakulteti, asosiy islom fanlari boʻlimi oʻqituvchisi Mustafo Jihod Bakkal va boshqa olimlar tomonidan saboq berildi.

Kurs tinglovchilari darslardan tashqari vaqtda Dr. Osman Aydinli hamrohligida bir vaqtning oʻzida 50 ming nafar talabaga xizmat koʻrsatuvchi universitet kutubxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.

     

Dastur soʻngida Markaz ilmiy xodimlariga universitet olimlari tomonidan nashr ettirilgan adabiyotlar toʻplami va tegishli sertifikatlar taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …