Home / XALQARO YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Markaziy Osiyo – Islom sanʼati oʻchogʻi” nomli Forumi doirasida “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkaziladi. Unda mahalliy va xorijiy tashkilotlar, universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlari ishtirok etadi. Konferensiyaning “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishda Oʻzbekiston va xorij tajribasi” nomli I shoʻbasi yigʻilishida yurtimiz va Turkiya hamda Qozogʻiston davlatlaridan 22 nafar olim va mutaxassis maʼruza qiladi.

Anjuman 2 noyabrda Toshkent vaqti bilan soat 11.15 da boshlanadi.

Konferensiyada onlayn tarzda quyidagi ZOOM videokonferensiya platformasi orqali ishtirok etish mumkin.

https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Seminar identifikatori: 525 843 6902

Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz ilmiy xodimi “Mirzo Ulugʻbek buyuk qomusiy olim va davlat arbobi” loyihasi muhokamasida

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefakt va mulyajlar …