Home / XALQARO YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Joriy yilning 1-3 noyabr kunlari “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi hamda  Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamkorligida Samarqandda “Markaziy Osiyo – islom sanʼati oʻchogʻi” nomli xalqaro forum oʻtkaziladi.

Forum doirasida “Oʻzbekiston fondlarida saqlanayotgan Qurʼoni karimning qadimiy nusxalari” mavzusida xalqaro koʻrgazma, “Movarounnahrda kitobat madaniyati” mavzusida islom amaliy sanʼati turlari boʻyicha festival va hunarmandlar savdo yarmarkasi, shuningdek, “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etiladi.

Xalqaro forumda 40 dan ziyod davlatdan 300 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashadi.

Bizni kuzating va ishtirok eting! Qadim va boy tariximizdan, ajdodlar merosidan bahramand boʻling!

Forum tashkilotchisi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi – Yangi Oʻzbekistonning yangi maʼrifat oʻchogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari boshlandi

Oʻtayotgan haftada Samarqand viloyatidagi mahalla va taʼlim muassasalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida keng …