Home / FOTO LAVHALAR / HAJ VA UMRA ISHLARI VAZIRI MARKAZGA TASHRIF BUYURDI

HAJ VA UMRA ISHLARI VAZIRI MARKAZGA TASHRIF BUYURDI

Bugun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ayni kunlarda mamlakatimizda boʻlib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi mudiri Barot Amonov kutib oldi.

Delegatsiya aʼzolari Markaz va undagi Imom Buxoriy muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularga Markazda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va erishilgan natijalar xususida qisqacha maʼlumot berildi.

      

Mehmonlar Imom Buxoriy siyratiga boʻlgan cheksiz ehtiromini bildirib, ilmiy jamoaning allomalar boy maʼnaviy merosini izchil oʻrganish ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Tashrif mobaynida delegatsiyaga Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi Ulugʻbek Maqsudov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov va boshqa mutasaddilar hamrohlik qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekistondagi islohotlar samarasi Britaniya jamoatchiligiga tadqim etildi

Xabar qilinganidek, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari …