Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZGA TANIQLI FIQHSHUNOS OLIM KЕLDI

MARKAZGA TANIQLI FIQHSHUNOS OLIM KЕLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga zamonamizning taniqli faqih olimlaridan biri, Turkiyadagi “GAYE Vaqfı” rahbari, professor, Dr. Mustafo Jevad Akshit tashrif buyurdi.

Mehmonni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib oldi.

Professor Markaz muzeyi va kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Fransuz va arab tillari mutaxassisi, universitetlarda darslik sifatida oʻqitiladigan tijorat huquqi va mehnat huquqiga oid asarlar muallifi prof. Akshitning islom huquqi sohasida ham bir qancha kitoblari, qator maʼruza va maqolalari Turkiya va boshqa mamlakatlarda chop etilgan.

Shu bilan birga Akshit yaqinda Imom Saraxsiyning Pamukkale universiteti delegatsiyasi tomonidan Markaz kutubxonasi fondi uchun taqdim etilgan 30 tomlik “Mabsut” asarini turk tiliga oʻgirgan tarjimon hamdir.

Fiqhshunos olim asarning birinchi tomiga dastxat yozib qoldirdi.

Mehmonga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar namunalari hadya qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …